Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!  ( 39455 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


AL_laziz87  17 Yanvar 2008, 18:36:47

So'zlayin sizga do'stlar do'stlarning bir xolini
Mard do'stlarning qonini nomartlar xam borini
Jonsiz do'stlar xolini ayitmasamda nomini
Shu jonsiz do'stlar diya vijdonini sotganini
Mening bir chin do'stim bor u xaqiqiy do'st bilar
Yig'lasam yig'lab turar kulsam u birga kular
Boshimga tushub tashvish o'ksib qolsam urib bosh
Chin do'st berolmay bardosh ko'zlaridan to'kar yosh
Azroil ostonadaso'rasa do'st jonini
Do'st o'niga jilmayib berarlar o'z jonini
Do'st o'rniga chin do'stlar
To'kkanlar ko'p o'z qonini
U dunyoda faqat do'st bergandir savobini
Do'stlarim so'zladim men chin do'stimning xolini
Shu do'stimni qiyomatli deb atarman nomini
Yana shunday do'stlar bor
u omatning soyasi
Tinglasa anglab olar so'zlarimning boisi
Omading kelsa kelar ketsa U do'st xam ketar
Yomon kunda shu do'sting ustingdan kulib qolar
Shunday do'st atrofda bor tulkidan xam u ayyor
Egib bersang boshingni qilich urishga tayyor
Yovga ko'ksing ochganda u do'st albatta qochar
Seni tashlab dushmanga barcha siringni sotar
Do'stlarim so'zladim men nomard do'st axvolini
Shu do'stimni xiyonatlik deb atarman nomini
Do'stlarim so'zladim men ikki do'stimning xolini
Nasib qilsa yozarman so'ngra men davomini

Qayd etilgan


AL_laziz87  21 Yanvar 2008, 17:05:06

Ba'zilar do'st bo'lar shirin so'z uchun
Ba'zilar do'st bo'lar go'zallik uchun
Ba'zilar do'st bo'lar boylik pul uchun
Lekin men do'st bo'laman toza qalb uchun

Qayd etilgan


Fatima  17 Iyul 2008, 10:39:02

Do’sting agar dushmanlik qilsa
 
Yuragingni tirnaydi alam,
Quchog’iga olar qayg’u g’am,
Ko’zingga tor ko’rinar olam
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Sen joningni berishga tayyor
Zotdan benaf kutding nomus, or,
Bu dunyoda kimga ishonch bor?
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Bu kunlar ham o’tadi, beshak,
U uyalib qolsa ham kerak,
Lek kunlaring qanday kechajak,
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Suyanganing singanday nogoh,
Tekis yo’lda chiqqaniday choh,
Benaf bo’lar qancha cheksang oh,
Do’sting agar dushmanlik qilsa.

Sig’inganim ishonch shevasi,
Sadoqatdir uning mevasi,
Bitmas singan ko’ngil shishasi,
Do’sting agar dushmanlik qilsa"¦


Qayd etilgan


Fatima  17 Iyul 2008, 11:26:09

DO'STLARIMGA...

Qalb daftarin, azizlarim, bugun Sizga ochaman,
Yurak-quyosh, uning dardin oq nur kabi sochaman...

Fikrim aniq aytolmasam, aybim ayting - menki shod
Chunki g'azal bo'stonida endi bir debochaman

Barcha baytim, Sizga aytgum, bundan ko'nglim quvonar
Sizni deya darkor ersa, zahri- zaqqum ichaman

"Do'st bilinar mushkulotda" - bu azaliy ko'xna bayt,
Yahshilikka eshigim lang, yomolikdan qochaman

Yiroqdirman balki Sizdan, lek yaqinman ko'ngila,
Darkor ersam, dengiz nima, hatto ummon kechaman.

Zerikdim men yolg'izlikdan, mehmon bo'ling kulbama,
Yo siz keling biz tarafga, yo siz tomon ko'chaman.

O'zingizman o'ngingizda, tunlar esa tushingiz,
Yoki aytgan so'zingizman,Yo siz yurgan ko'chaman.

Do'stlar bisyor, do'stlarimga berajakman jonimni,
Shundan tanam ming poradir, bilmam o'zim nechaman?

Qayd etilgan


javoxir  24 Iyul 2008, 17:20:26

Agar do'stligimiz fasl bo'lsa,
Sen bahori men yoziman.
Agar do'stligimiz navo bo'lsa,
Sen xofizi men soziman.
Agar do'stligimiz butun bo'lsa,
Sen ko'pi men oziman.
Agar do'stligimiz o'lim bo'lsa,
Men o'limga roziman!!!





Qayd etilgan


javoxir  24 Iyul 2008, 17:21:04

Agar bir inson senga bildirdi ishonch,
Yoningda bo'ldi senga kelganda qayg'uyu quvonch,
Kutmadi sendan boylik- taxt,tilasa sog'liq baxt.
Seni aldamas qilmas hiyonat,g'iybat,
Yoningda bo'ldi qilsalar tuhmat.
Bermadi zarra dilingga ozor,
Doim kutdi bo'lib ko'zlari humor,
Demak, bu hislatni barisin bilgan do'st!
Bilamagan esa shubhasiz dushman,
Desa hamki men senga DO'STMAN!

Qayd etilgan


javoxir  24 Iyul 2008, 17:21:29

Istaymanki bu chexralar kormasin g'am,
Istaymanki bu kozlar bolmasin nam.
Istaymanki bu xayot bolmasin barbod,
Istaymanki bu dostlik qolsin umrbod.

Qayd etilgan


Dilmurod Nizamutdinov  19 Sentyabr 2008, 11:55:15

Qadrli Hamyurtlarim!!!
Do'stlik haqida qanchadan-qancha she'rlar, qanchadan qancha hikoyatu-rivoyatlar yozilgan. Inson hayoti davomida faqatgina do'stlariga suyanadi. Do'stning qandayligiga qarab insonning hayot tarziyu, uning taqdir zarvaraqlari o'zgarib ketishi ayon. Chunki, ziyoli do'stlar faqat ziyoga chorlasa, bema'ni do'stlar tubanlikka yetaklaydi.
Do'st tanlashda hech qachon adashmaylik.

Do'stim, ko'zlaringga qarab to'ymadim,
O'ylarimda faqat seni qutlardim,
Sahovatta tengsiz bo'lsang sen faqat
Taqdirimdan mamnun bo'lib o'tardim!!!

                                 D I L M U R O D

Qayd etilgan


Hadija  20 Sentyabr 2008, 13:06:03

Agar Do'st

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Quloq solsa har bir so’zingga,
Yolg’on qo’shmay so’zlaydi u,
Tikka boqib turib ko’zingga.

Agar do’sting yoningda bo’lsa,
Hiyonatlar qilmaydi ta’sir.
Yomonlarning o’tmaydi zahri,
Dushmaning ham ololmas asir.

Qayd etilgan


Dilmurod Nizamutdinov  23 Sentyabr 2008, 14:23:11

      Do’stlik — bu ikki va undan ortiq insonlarning yaqin minosabatlaridirki, bu munosabatlar faqatgina mustahkam ishonch va umumiy qiziqish asosida vujudga kelishigina mumkin. Shopengauer do’stlik haqida ushbu tanqidiy mulohazani keltiradi: "žHaqiqiy do’stlik shunday bir ajoyibotlardan biridirki, uning huddi ulkan dengiz ajdarholari kabi o’ylab topilganligi yoki qayerdadir mavjud ekanligi ma’lum emas"œ.
      Do’stlik — bu o’zaro mehrga asoslanib qurilgan munosabatdir. Do’stlik ba'zan qisqa muddatli va o’sha mehr bilan birgalikda yo’q bo’lib ketishi mumkin. Ba’zan do’stlik yillar davomida mustahkamlanib boradi. Haqiqiy do’stlik faqatgina ishonch va o’zaro qo’llab-quvvatlanish hissiyotlariga asoslanadi. Bir-biriga nisbatan do’stlik hissini sezguvchi ikki inson, o’zlarini birgalidagina man’an qulay his qila olishlari mumkin. Ba’zan do’stlar bir-birlariga shunchalar yaqin bo’lishadiki, hatto eng yaqin qarindoshlar bu holni ko’rib havas qilishadi... yoki hasad....

                      D I L M U R O D


Qayd etilgan