Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!  ( 27312 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Muhammad Amin  04 Dekabr 2009, 07:10:50

Do'st bilan obod uying
Gar bo'lsa u vayrona ham
Do'st qadam qo'ymas ekan
Vayronadir koshona ham.

Qayd etilgan


MAFIYA  04 Dekabr 2009, 21:17:47

Do'stlik - buyuk tuygudir!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  04 Dekabr 2009, 21:39:11

Do'stlik ipini uzma, ulasang tugun qolar.

Qayd etilgan


Ansora  04 Dekabr 2009, 22:31:46

Do'stlarimiz dengizga otish uchun to'plagan toshlarimizga o'hshaydi.

Avvalo bir-bir yig'amiz, keyin bitta-bitta uzoqlarga qarab uloqtiramiz....

Qayd etilgan


Mas'ud  10 Dekabr 2009, 18:33:55

Qalb — mendan yashirgan dil daftaringiz,
Ko’ngil -  siz qizg’angan sirli tuguncha"¦
Ko’z yosh — yuragingiz g’arq etgan dengiz,
Orzu — niyatlardan yaralgan g’uncha.

Jimlik — sizni jumboq aylagan asr,
Tabassum — chehrangiz abad mehmoni
Sabr — malikasi siz bo’lgan qasr,
Sevgi — siz tuymagan tuyg’u ummoni
 
Subhidam — sizni ilk o’ylaganim vaqt,
Oqshom — xiralashib qolgan bir xayol.
Uyqu — men bilmagan o’zga halovat,
Bedorlik —  meni ko’p qiynagan savol"¦

Nur — sizdan taralgan ajib bir yog’du,
Shabboda — sochingiz o’ynagan nasim"¦
Mehr —so’zingizda yashirin jodu"¦
Tundek ko’zingizga kelar havasim"¦


(c) 9 dekabr


Qayd etilgan


ossiyobinti  10 Dekabr 2009, 21:35:46

SENSIZ YASHAB ARMONLAR YUTDIM,
MENI HAFA QILIB KO'NGLING TO'LDIMI?
BIR ON BO'LSA HAM UMID UZMADIM,
DO'STLIKDAN G'URURING USTUN KELDIMI?
MAYLI, ZORLANMASMAN MEN SENGA ASLO,
BAXTLI KUNLARNI SEN UNUTSAN BO'LDIMI?
BO'LOLMADING SUYANGAN DO'STIM TANXO,
MENDAN KO'RA G'URUR USTUN KELDIMI?
O'ZGANI DO'ST DEDING QALBINI TILIB,
MENGA BERGAN OZORLARING XUSH YOQDIMI?
MEN AHIR YASHARDIM SENGA ISHONIB,
MENDAN KO'RA G'URUR USTUN KELDIMI?
NAXOT, OG'IR BO'LSA BIR BOR KO'RISHISH,
MENSIZ YASHAB SENING BAXTING KULDIMI?
SEN UCHUN OG'IRMI MENI KECHIRISH,
DO'STLIKDAN HAM G'URUR USTUN KELDIMI?

Qayd etilgan


registan  10 Dekabr 2009, 21:41:08

Juda ham chiroyli "oq she'r" ekan. :)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  10 Dekabr 2009, 22:29:26

Olimlarning va allomalarning bir gapi bor.

"Sen o'ziningning eng asosiy siringni o'zingning eng yaqin do'stingga ham aytma, sababi o'sha yaqin degan do'stingning ham yaqin do'sti bor... uning do'stining ham yaqin do'sti bor..." ...

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 22:48:21

Balki: Sevgining nima ekanligini hammamiz bilamiz, lekin Yoshlikning nima ekanligini tushinib yetganimizda qarib bo'lgan bo'lamiz....deb o'ylayman bazan...

Qayd etilgan


Ansora  10 Dekabr 2009, 22:52:10

İshq bilan do'stlik bir kuni yo'lda uchrashib qolishibdi. İsh o'zidan amin holda so'rabdi: "Men sendan juda ham jonga yaqinman, yagonaman. Sen nima uchun borsin-ki dunyoda"?

Do'stlik unga: "Sen insonlarni tark etib ketganingdan so'ngra orqangda tashlab ketgan ko'z yoshlarni artish uchun", deb javob bergan ekan....

Qayd etilgan