Do'stlik tanhodir, muhabbat tanho!  ( 27805 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


Ansora  10 Dekabr 2009, 22:54:30

Hayot- yashashni

Baxt-kulimsiray olishni

Sevgi-haq eta olishni

Vafo- xotirlay olishni

Do'stlik esa- Bo'lisha olishni bilganlar uchundir!

Qayd etilgan


Mas'ud  12 Dekabr 2009, 02:32:47

Сиқилиб, дардлардан бслганда маҳзун,
Йсқолиб кетганда умид ҳисларим.
Бслса тор йслларим узундан-узун,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Армонлар дилимни тирнаган онда,
Дунёлар сшитмас бслса ссзларим.
Меҳрга ташна бу фоний жаҳонда,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Ҳаётдан гсзаллик истайман холос,
Олтин тоғни ҳавас қилмас ксзларим.
Ҳар қачон, ҳар жойда Сиздан илтимос,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Сиз сабаб ногаҳон омадим кулса,
Офтобдек чароғон стса  юзларим.
Мсъжаз бу юрагим қувончга тслса,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.

Ҳаммамиз отлансак боқийлик томон,
Қалбларни безаса сзгулик иймон,
Жаннат гсзаллигин ҳис қилган замон,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.


(c)...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  12 Dekabr 2009, 09:08:46

Сиқилиб, дардлардан бслганда маҳзун,
Йсқолиб кетганда умид ҳисларим.
Бслса тор йслларим узундан-узун,
Мени ёлғиз қсйманг, азиз дсстларим.




Ajoyib she'r. Mas'udaka she'r muallifi o'zingizmi? Oldin ham qayerdadir o'qigandim muallifi yozilmagandi.

Qayd etilgan


Mas'ud  12 Dekabr 2009, 14:26:59



Ajoyib she'r. Mas'udaka she'r muallifi o'zingizmi? Oldin ham qayerdadir o'qigandim muallifi yozilmagandi.

rahmat... ha... muallifi men... 3-4 yil avval yozilgan she'r....

Qayd etilgan


Akbarjоn  24 Yanvar 2010, 15:34:57

M ay ichayin koyingda afsona bo'lmaguncha
U qubatga dosh beray devona bo'lmaguncha
H oliqliging takrorlab, oshiqligim yod etay
A zroilning domidan vayrona bo'lmaguncha
B exishtingni durlarin hargiz sensiz rad etay
B itay vasfing dildan shoirona bo'lmaguncha
A 'lal oqibat vaslingdan ko'nglimni shod etay
T angrim o'zing umid ber hamxona bo'lmaguncha

Qayd etilgan


_IYMONA_  11 Oktyabr 2010, 09:35:02

ЗИКА И АЛЛОҲ БИА ЛА ДОИМ ҚАЛБАИ СЕА ҚУВВАТЛАГИА,
ЖОА БЕА АА  ВАҚТИАГДА ТИЛГА ЧИА ШАҲОДАТЛАА  КЕЛУА ....

Qayd etilgan


aka sohib  27 Sentyabr 2011, 01:02:36

Nesabab dunyodan ko'ngling to'lmasa,
Garchi seni hech kam-ko'sting bo'lmasa,
O'zgalarga davo qilma birodar,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Xar yo'lda barchadan sen o'zgan saring,
Oyni tutolmaysan qo'l cho'zgan saring,
Dunyocha bo'lsa ham arzimas zaring,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Bugun osh yeganlar bir dasturxonda,
Ertaga tosh otsa g'anim tomonda,
Bir joning qiynalar mingta gumonda,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Garchi raqiblarga tutqin emassan,
Sen mutloq g'olibu ustun emassan,
Mardlar davrasida butun emassan,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

Mol do'sting boshqayu jon do'sting boshqa,
Ne ajab savdolar tushganda boshga,
Malhamga zor boshing tegadi toshga,
Yoningda ishongan do'sting bo'lmasa!

O'g'ilbolacha gap bitta so'z tutgil,
Olislarni ko'zlab ko'kka ko'z tikgil,
Do'st qidirsang har dam Haqni do'st tutgil,
Dunyoda ishongan do'sting bo'lmasa!!!

Qayd etilgan