Assalomu alaykum! Ayni damda yana bir marta Imom G'azzoliyning "Mukoshafat -ul qulub" asarini o'qiyapman. Asardan mana bu parchani sizlarga havola qilaman:
"¦ Insonlar jahannamga yaqinlashgan vaqtlarida jahannam g’azabdan o’kirayotgan bo’ladi. Holbuki, bu o’kirish, bu jazava besh yuz yillik uzoq masofadan eshitilayotgan bo’ladi. Shu payt barcha insonlar, hatto payg’ambarlar ham "œVoy jonim, voy jonim" deb o’z dardlariga qovriladilar. Faqat payg’ambarlarning eng sarasi Hazrat Muhammad salallohu alayhi vasallam o’z jonini unutadi. "œVoy ummatim, voy ummatim" deya nola qiladi? Shunda jahannamdan tog’day mahobatli olov parchasi chiqadi. Hazrat Muhammadning ummati bu olov parchasini daf qilmoqchi va o’zlaridan yiroqlashtirmoqchi bo’lib:
- Namoz o’qiganlar, ro’za tutganlar, haqiqatdan yuz o’girmaganlar va ixlosli kishilar haqqi, qayt orqaga, ket! — deydilar.
Lekin u ketmaydi. Shu payt Jabroyilning ovozi guldiraydi:
- Olov parchasiga Muhammadning ummati qasd qilayotir!
So’ngra Jabroyil bir bordoq suv keltirib payg’ambaraimizga uzatadi.
- Ey Ollohning rasuli, ol buni, olovning ustiga sep! — deydi
Payg’ambarimiz suvni oladi va olovga sepadi. Odamlar olov darhol so’nganini ko’radilar. Payg’ambarimiz Jabroyildan so’raydi:
- Ey Jabroyil, bu suv nima edi?
Jabroyil javob beradi:
- Ey Ollohning rasuli, bu — ummating orasidagi osiylarning yolg’iz Ollohdan qo’rqib oqizgan ko’z yoshlari. Hozirgina menga, olovga sochib o’chirishing uchun, uni senga berishim amr etildi.
Payg’ambarimiz shunday duo qildilar:
- Ollohim, menga o’lmasimdan oldin, sendan qo’rqib yig’laydigan ikki ko’z ber!
Umr o’tdi, kechirgaysan, Ilohim!
Ko’zim yoshli: axir ko’p-ku gunohim"¦