"FETIH 1493"haqida.Taniqli turk kinochisi
Farrux Oqso‘y suratga
olgan "œFath. 1453" filmi
o‘tmish sog‘inchi kabi
hastalikka duchor
tomoshabinlarning dardiga malhamday
bo‘ldi. "œFath. 1453" filmidan
tasvir.Usmonli imperiyasi
harobalari
uzra qurilgan zamonaviy
Turkiya respublikasida huzunli
o‘tmish haqida gapirmaslik
yaqin-yaqinlargacha ma’qul
ko‘rilar edi. Usmonli
podshologining kuch
qudrati haqidagi xotiralardan
ko‘ra bugungi kun realligi
o‘rtaga qo‘ygan tirikchilik
muammolarini echish shu
paytgacha turklar uchun
ustivor masala bo‘lib kelgan edi. Ammo shu kunlarda
turklar
yana o‘zlarining shonli
o‘tmishiga qayrilayotgani
kuzatildi. Har holda, turklar
tomosha qilayotgan filmlarda
Usmonli
sultonining shonu shavkati
aks etmoqda. Turklar
idrokida muhtasham
o‘tmish xotiralarining uyg‘onishi g‘arb
mutahassislari tarafidan.
Turklar idrokidagi o‘tmish
sog‘inchini anglagan
kinochilar
esa Usmonli podshohlari hayoti haqidagi filmlarni
paydar pay suratga olib
ekranlarga chiqarmoqda.
Konstantinopolning zabt
qilinishi Taniqli turk
kinochisi Farrux Oqso‘y suratga olgan "œFath.
1453" filmi o‘tmish sog‘inchi
kabi hastalikka duchor
tomoshabinlarning dardiga
malhamday bo‘ldi. Urush
sahnalari, sirli ishorat va simvollarga to‘la
bu
film Usmonli sultoni
Mahmud
ikkinchi tarafidan Vizantiya
yuragi bo‘lmish Konstantinopolning zabt
qilinishini tasvirlaydi. Filmda
Usmonli sultoni Ayo
So‘fiyo nasroniy ehromi
ustiga Islom bayrog‘ini
tikib, Konstantinopol nomini
Istanbulga o‘zgartiradi.
Filmni yaratish uchun 17
million dollar harjlandi. Bu
Turkiya kino sanoati
tarixida eng qimmatga tushgan film bo‘lib
qolmoqda.turk
kinochisi Farrux Oqso‘y
Istanbul istilosi barcha davr
va
zamonlar uchun tarixning eng
qiziq voqealaridan biri bo‘lib
qolajagini ta’kidladi: -
Istanbul istilosi va uning
oqibatlari dunyo tarixidagi
favqulloda qiziqarli voqealardan biridir. Tarix
g‘ildiragini boshqacha
aylantirishga sabab bo‘lgan
bu tarixiy istilo haqida
nafaqat
turklarga, balki butun dunyoga tatigulik kino qila
olishim mumkinligiga
ishondim. Aynan shu
ishonch
bois bu kino yuzaga keldi,
deydi Farrux Oqso‘y. Usmonliga qaytish O‘tgan
shanbada Turkiyadagi
bir yarim million
tomoshabin
"œFath. 1453" filmini
kinoteatrlarga borib tomosha
qildi. Kinoteatrlardagi
chiptalar
ikki-uch hafta oldin sotilib
bo‘lindi. Masalan, bugun
kinoteatrga borgan tomoshabin faqat uch hafta
keyingi seansga chipta olishi
mumkin. Uy kinoteatrlari,
CD, DVDlar
urchigan, internetda
qaroqchi kinolar tomosha qilish urf
bo‘lib, kinoteatrlar huvillab
qolgani manzarasida bu
holat
favqulloda yangilik sifatida
ko‘rildi. Bilag‘onlar, filmning bu qadar
muvaffaqayat qozonganini
Usmonli sultonligining
shavkatli kunlarini
sog‘ingan
turklar hassosiyati bilan izohlashmoqda. Turk
telekanallarida namoyish
qilinayotgan "œMuhtasham
yuz
yil" ("œMuhtesem Yuzyil")
serialining mamlakatdagi eng
tomoshabop bo‘lgani ham
shu
omil o‘rnagi deya ko‘rildi.(forum.oqayiq.uz)