Kichkinaligimda Ro'zani ohirgi kunida yaniy Arafa kuni, uyni OYIM bilan rossa yalardik, oynalarni artib uni-buni qilib, kiiyin Ayamlar, Bog'irsoq pishardilar, to'risi o'sha bogirsoq juda bemaza bolardi, balki onamlar pishirishi bilmasmidila bilmadim, lekin man ham akam ham kiyinchalik ukam ham Hudo rahmati dadam ham o'sha bogirsoqni yeyotganda bir birimizga qarab " haa san ham sezdinmi bemazaligini" dib qarab qoyardik... Har yili...har yili..
Yillar o'ttib, Dadamlar qazo qilganlaridan kiyin, tog'ora-tog'ora osha bemaza bogirsoqni qiladigan boldila ayam, uyga odamlar "daden uchun kelishadi" dib.. Bilmadim-u doim o'sha bogirsoq bemaza bolsayam juda hursand qilardi, dadamdan kiyin o'sha bogirsoqlarni oynadan otvorgim kelardi..
Kiyin Akam uylandi, Onamlar yana togora togora bogirsoqlar qiladigan boldila, yemiy qoydim, bemazaligi uchun emas, balki bilmadim qanadur o'sha doim hursand qiladigan bogirsoq endi qachon uyimizga pishsa kimnidur junashini nishonlardi man uchun, lekin birovlarga eyyyyy- yog'i kop dirdim.
Mana endi Onam mangayam o'sha bogirsoqi pisharadigan boldilar, otgan yili hayitda junatgandila birinchi Kelinlik Hayitligin dib, bu yilam junatibdila... Yonimda turibdi.. o'sha o'sha turish hech ozgarmagan, balki mazzasiyam ozgarmagandur lekin unga bolgan ishonch man uchun yoqolgan.. qattan biliy kengi safar bogirsoq yesam, "ukeni oqishga ketganii" maqsadi uchun yirdirman.. lekin bitta bogirsoq bogirsoqligini qilarkan... P.S. onam chak-chak, qush tili qilishi bilmadim qattan organdila...??
mayli ortola, silada uje hayit biza haliyam ro'zamizani ochganimiza yoq.
Taraveehga bitta kichkinagina bolacha kelardi, ayollarni tarafida onasini yonida o'ttirardi.. biram shirin biram shirin... o'sha soginadigan bob qolamiza..