forum.ziyouz.com
Ilm va ziyo => Intellekt => Mavzu boshlandi: Y_U_R_I_S_T 05 Fevral 2008, 11:44:40
-
Dunyoda har soniya yangi kashfiyotlar bo'lmoqda. Xozirda biz ishlatayotgan narsalar ham kim tomondandir ixtiro qilingan. Siz bu haqida ma'lumotga ega emasmisiz? Unda bu mavzu sizga asqotadi!!!
Ba'zi faktlar noto'g'ri bo'lsa unda marhamat qilib tuzating. Albatta bunda aniq manbani ko'rsatishni unutmang.
Hurmat bilan,
Y_U_R_I_S_T
-
Bizning ermagimiz internet tarmog'ini 1977 yil AQSHlik Vinton Serf kashf qilgan ekan. U AQSH xafvsizlik xizmatida ishlagan.
-
Hammamizga kerak bo'ladigan kompyuterlarning elektron nusxasi ixtirochilari AQSHlik Jon
Ekkert va Jon Moukli hisoblanadi. Ular ixtironi 1946 yil qilishgan.
-
Qizaloqlarning sevimli o'yinchog'i BARBI qo'g'irchoqlarini 1958 yili AQSHlik Rut Xandler yaratgan
-
Yaqindagina yangi yilni nishonladik. Uyda archa bezash maza-a? Archani bezashda ishlatiladigan elektr chiroqlarini ixtirochisini bilasizmi? 1917 yil AQSHlik Albert Sadakka bu ishni qilgan
-
Tarnsportlardan:
Metro - 1862 yil Angliya;
Tramvay - 1879 yil Germaniya;
Trolleybus - 1881 yil Germaniyada ilk bor ishga tushgan
-
Ko'p qavatli uylarda ishlatiladigan liftni 1854 yili AQSHlik injener Eli Otis yaratgan
-
Ilk parashyut nusxasini XV asrda buyuk rassom Leonardo da Vinchi o'ylab topgan ekan.
-
Kompyuterni sichqonchasiz tasavvur qilolmaymiz. Uni ixtirochisi Duglas Engelbart. 1968 yili bu ixtiro qilingan.
-
Telefon esa 1876 yili asli Shotlandiyalik AQSH fuqorosi Aleksandr Bell tomonidan yaratilgan.
-
Hammamiz gazeta jurnallarda krossvord yechishni yoqtiramiz. Ilk krossvordni esa 1890 yili Italiyalik Dje Airoldi yaratgan
-
IXTIROLAR
Ilk kino ovozsiz bo'lganidan xabaringiz bor. Ular faqat tasvirdan iborat bo'lgan. Birinchi ovozli kino esa 1900 yil Fransuz Leon Goman tomonidan yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Hammamiz aniq vaqtni bilishni xoxlaymiz. Biz ishlatadigan elektron soatlar 1930 yil Penvud Numekron tomonidan yaratilgan ekan.
-
IXTIROLAR
Saksafon cholg'u asbobi haqida ko'p eshitganmiz. Uning nomi ixtirochisi nomidan kelib chiqqan ekan. 1841 yil Belgiyalik Entoni Saks yaratgan bu cholg'u asbobi keyinchalik Saks ovozi-Saksafon deyila boshlangan
-
IXTIROLAR
Modalar bozorida jinsi kiyimlar ko'p uchrab turadi. Ilk jinsini 1874 yil AQShlik Levi Strauss va Yakov Devis ixtiro qilgan. Xayolizga darrov LEVI'S firmasi keldimi? Haqiqatdan aynan mana shu firma xozir ham jinsi ishlab chiqarishda birinchi o'rinda turadi.
-
IXTIROLAR
Basketbol sportiga 1891 yil AQShlik Jismoniy tarbiya o'qituvchisi Jeyms Naysmit tomonidan asos solingan. U o'quvchilarini qiziqtirish maqsadida 2 ta olma savatini tepaga ilib qo'ygan va ajoyib o'yin ixtirochisiga aylangan.
-
IXTIROLAR
PC. Bu nom bizga yaxshi tanish. Ya'ni Personal Computer. Ilk shaxsiy kompyuter nusxasini 1978 yil AQShlik Stiven Djobs va Stifen Voznyaklar yaratishgan.
-
IXTIROLAR
Ilk kinomotografiyaga 1895 yil aka-uka Ogyust va Lui Lyummerlar asos solishgan. Ularning millati fransuz edi.
-
IXTIROLAR
Xozir sizning qo'lingizda nima bor? Albatta mobil telefonda! Ilk Mobil telefonni 1940 yil AQShning "Bell telefon laboratories" komponiyasi yaratgan ekan.
-
IXTIROLAR
Yoshligimizda va hatto xozir ham mazza qilib sayr qiladigan vilosipedni 1839 yil Shotlandiyalik Kirkpatrik Makmillan yaratgan. U bu qilgan ishi uchun ruhoniylar tomonidan tanqidga uchrab 1 hafta qamoqqa ham tushib chiqqan.
-
IXTIROLAR
Nusxa ko'chirishimizga yordam beradigan Kserokopiyani 1938 yil AQShlik Chester Karlson yaratgan ekan.
-
IXTIROLAR
Elektr lampochka 1879 yil Tomas Edison tomonidan ixtiro qilingan. Tomas Edison vafot etgan kuni AQSh fuqarolari 1 daqiqa chiroqlarini o'chirib qo'yishgan.
-
IXTIROLAR
Pochta qutisi 1852 yil B.Britaniyalik Gernsi tomonidan yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Leykoplaster 1924 yil AQShlik Jozefina Dikson tomonidan yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Masofadan boshqarish qurilmasi(pult) 1950 yil AQShning "Zebit electronic corparation" kompaniyasi tomonidan ilk bor ishlab chiqilgan
-
IXTIROLAR
Tikuv mashinasi 1846 yil AQShlik Elias Xou tomonidan ixtiro qilingan
-
IXTIROLAR
Bronjilet 1971 yil Stefani Kvolek tomonidan ilk bor hayotga tadbiq etilgan. AQSh labaratoriyalaridan birida ximik bo'lib ishlagan.
-
IXTIROLAR
Alyuminiy 1825 yil Daniyalik fizik Xans Oersted tomonidan ixtiro qilingan
-
IXTIROLAR
Margarin 1869 yil Fransiyalik oshpaz Ippolit Meje-Mori tomonidan yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Lazer nurlari va qurilmasi 1960 yil AQShlik olim Teador Mayman tomonidan yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Bayramlarda ko'p iste'mol qilinadigan Shampan vinosi 1670 yil Fransuz monaxi Dom Perin'on tomonidan yaratilgan. Uning juda katta uzumzori bo'lgan.
-
IXTIROLAR
Rolikli konkida uchishni bilasizmi? Mazza-a? Aynan mana shu "mazza"ni 1760 yili Belgiyalik musiqachi Jozef Merlin ixtiro qilgan ekan.
-
IXTIROLAR
Aloqa vositalaridan hisoblangan telegraf 1837 yili Britaniyalik Uilyam Kuk va Charlz Uiton tomonidan ixtiro qilingan.
-
IXTIROLAR
Kinolarda ko'p uchratadigan suv tegirmoni mil. avv. 85 yili Xitoyda yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Armiyaning asosiy qurollaridan bo'lmish TANK 1916 yil Britaniyalik konstruktor Uilyam Tritton tomonidan yaratilgan. U birinchi marta 1916 yil aprel oyida Somma daryosi bo'yidagi jangda qo'llangan.
-
IXTIROLAR
Ilk zamonaviy gazeta 1609 yil Germaniyada chiqarilgan. Uning ta'sischisi Yulius Zonne hisoblanadi.
-
IXTIROLAR
Hayotimizning go'zal lahzalarini saqlab qoluvchi videokamera 1981 yil Yaponiyaning "SONY" kompaniyasi tomonidan sotuvga chiqarilgan.
-
IXTIROLAR
Chaqaloqlarning tayyor ovqati 1867 yil Shveytsariyalik ximik Genri Nestle tomonidan yaratilgan.
-
IXTIROLAR
Soqol olishda ishlatiladigan xavfsiz britva 1901 yil AQShlik savdogar King Kemp Jillet tomonidan ixtiro qilingan. Xozir Gillet kompaniyasini kim bilmaydi deysiz?
-
IXTIROLAR
Avtomashinlarga o'rnatiladigan xavfsizlik yostig'i ilk bor 1988 yil Yaponiyaning "TOYOTA" firmasi tomonidan yaratilgan.
-
Pianino 1698 yilda Italiyalik Bartolomeo Cristofori tomonidan ixtiro qilingan.
-
Ilk idish yuvish mashinasi 1886 yilda AQSH lik Josephine Garis Cochran tomonidan ixtiro qilingan
-
Ilk qog'oz Hitoylik Cai Lun tomonidan milodiy 105 yilda kashf qilingan.
-
Ilk diezelda ishlaydigan motor Olmoniyalik Rudolf Diesel tomonidan 1892 yil ixtiro qilingan.