Termiziy qayd etadi:
- Alloh bandasining tavbasini to uning joni halqumiga kelmaguncha qabul qiladi.
Tobaroniy va Bayhaqiy qayd etadilar va Muoz (Yahyo ibn Muoz (34-izohga qarang) dan rivoyat qiladilar: Muoz aytadi:
- Rasululloh, - unga Allohning salomi bo‘lsin - qo‘limdan tutib, men bilan bir-ikki chaqirim yo‘l yurdi. Yo‘lda dediki:
- Ey Muoz, senga beradigan o‘gitim shulki, taqvoli bo‘l, Allohdan qo‘rq, to‘g‘ri so‘zli bo‘l, ahdingga vafo qil, omonatni tegishli joyiga topshir, xiyonat qilma, yetimga marhamatli bo‘l, qo‘shnilik haqqiga rioya et, g‘azabingni yut, muloyim so‘zli bo‘l, har kimga omonlik tila, davlat boshlig‘ining ehtiyojlariga yara, Qur’on asoslarini o‘rgan, oxiratni sev, savol-javob kunidan qo‘rqib yasha, hoyu-havasga berilma, yaxshi amallar yo‘ldoshing bo‘lsin. Men senga musulmonni so‘kishni yoki yolg‘onchini tasdiqlashni, to‘g‘rilikni inkor etishni va yoxud odil davlat odamlariga qarshi chiqishni va yer yuzida tartibsizlik chiqarishni man’ etaman. Ey Muoz! Har bir daraxtni yo toshni ko‘rganingda Allohni yodga ol! Har bir qilgan gunohing uchun bir tavba qil! Yashirin gunohingga yashirincha, ochiq gunohingga ochiqcha tavba qil!
Isfahoniy (Abu Nu’aym Isfaxoniy, Isbaxoniy deb ham yoziladi (392-izohga qarang)) qayd etadi:
— Kishi gunohlariga tavba qilib, boshqa bunday qilmaslikka ahd qilgan chog‘ida Alloh uning gunohlarini HAFAZA FARIShTALARIGA (gunohlarni yozuvchi farishtalarga) unuttiradi. Yana Alloh bu gunohlarni u kishining a’zolariga va yer yuzidagi boshqa guvohlarga ham unuttiradiki, bul banda qiyomat kuni Allohga yetishayotgan chog‘ida uning gunohlariga shohidlik beruvchi bironta ham guvoh topilmaydi.
Yana Isfahoniy qayd etadi:
— Kamchiliklaridan AFSUSLANUVChI kishi, Allohdan RAHMAT kutsin. O’ziga MAG’RUR BO’LUVChI kishi esa Allohdan G’AZAB kugsin. Ey Allohning bandalari, bilib qo‘yingki, kimning amali qanday bo‘lsa, unga shunday amal bilan javob qaytariladi, u bu dunyodan yaxshi va yomon har turli amallarining javobini ko‘rmaguncha ketmaydi. U bu dunyoda o‘z amallariga yarasha muomala ko‘radi. Kecha bilan kunduz bir ulov misolidir. Ey insonlar, bu ulovlar ustida oxirat yo‘lchiligini chiroyli qilib ado eting. Cheksiz orzu-havaslardan saqlaning. Zero, o‘lim qutilmaganda bir ondayoq kelishi mumkin. Hech biringiz Alloh bergan muhlatga aldanib, o‘limni unuga ko‘rmang. Chunki otash sizga oyoq kiyimingiz bog‘ichidan ham yaqinroqligi shak-shubhasizdir.