Bahs, munozara ...
kishilarni bir birlaridan dunyoqarashlaridagi farqlari sabab oralaridagi masofani kengaytirishga xizmat qilayotgan tushuncha (shu forumda)
Xammamiz xam xaqni anglash, vaziyatga oydinlik kiritish uchun bahs yuritamiz, ammo... Ammo shu narsalarning amali degan joyga kelganda esa gapirgan gaplarimiz, idda'olarimiz yoddan ko'tarilganday go'yo
Men qarshiman, bir birini hurmatsizlik qilib turli pastga uruvchi gaplar to'qib birodarining bo'yniga osishga xarakat qiladigan bahs munozaralarga.
Men qarshiman, ikki kishi o'zaro xaqni anglash uchun emas o'zining fikrini o'tqazishga, muttasiblik bilan asoslanmagan xolda fikrini mahkam ushlab turishga
Ikkiyuzlamachilik, u yerda boshqacha gapirish, buyerda boshqacha fkr bildirish, bu munofiqlik belgisi (Buhoriy rivoyati bilan) Ammo shu narsani ba'zan esimizdan chiqarib qo'yamiz.
Shunday bahslar bor, kishi birodarining yuziga aytaolmaydida boshqatttan regestratsiyadan o'tib bahsga aralashadi, Gaplaridan bu kishi forumga a'zo bo'lganiga oylar va xatto yillar bo'lgan deb o'yliysiz, ammo postlari degan joyga qarasangiz, bahsga aralashgan posti uning birinchi posti bo'ladi, Bu ikkiyuzlamachilik emasmi, u yerda boshqa gapirib bu yerda boshqa gapirish emasmi
Bir kishi xaqida omma oldida yaxshi gaplarni gapirish, uni xaq ekanligini, adashmaganligini tasdiqlash, ammo dilida esa o'sha odamga nisbatan adovat saqlab yurish, axyon axyonda unga tosh otib turish, Rahmatli Oxunjon Madaliyev qo'shig'ida aytganiday "Xato qilishini kutarlar" Xato qilsa ularga bayram...
Bu Munofiqlik emasmi, ikkiyuzlamachilik emasmi,
uni dilidagini qaydanam bilardin deyishlariz mumkin, ammoAlloh qodir qilib shu kishi o'z og'zi bilan shu narsani tasdiqlab tursachi, undanima deb o'ylashimiz kerak
bahs munozaralar xaqni izlashga qaratilgan, ongli kishilar orasida bo'lishligi, sof maqsadlarni ko'zlagan xolda, shirinso'zlik xech bo'lmaganda achiq qo'pol gapirishdan yiroq bo'lgan xolda olib borilsa maqsadga muvofiq bolardi
Yana bir narsani aytib o'tishni o'rinli deb bildim, ko'ramizki ko'pincha bahs munozaralarda, Qur'on oyatlaridan misol keltiramiz, hamda Allohning kalomi buunga qarshi chiqasizmi deb do'q uramiz,
Shunday deyishga xaqlimizmi, Allohning Kalomi arabiyda nozil bo'lgan, unda nima deyilganini aynan siz qayerdanam bilasiz, agar arabchani bilmasangiz,
Qur'onning tarjimasi deyilmaydi, ma'nolari tarjimasi deyiladi, Qur'onni arab tilida nozil bo'lishini Alloh hohlagan, undagi so'z boyliklarini hisobga olib aynan shu tilda xaqiqiy manosi kelib chiqadi
Ilmga ega bolmasdan, tavsirni to'liq o'rganib chiqmasdan yoki aqali shu keltirayotgan oyatimizni tavsirini o'rganmasdan Oyatlardan iqtibos olib nafsimizni himoya qilishimiz, o'z maqsadimiz yo'lida noto'gri talqin qilishimiz (balki o'zlari bunday deb o'ylamaslar)dan kim zarar ko'radi, Avvalo o'zimiz. Qur'on bilan muholif bo'lganni holiga voy! Qur'on bilan dushman tutinganni holiga voy!!!