Bahri bayt  ( 874445 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 188 189 190 191 192 193 194 195 196 197 198 ... 255 B


siddiqa  05 Avgust 2009, 06:59:21

bu dunyo arzimas fido bo'lishga ,
bandasan urinma Hudo bo'lishga .
har neki taqdirdur Allohdan bo'lak ,
shohmisan ,tayyor tur Gado bo'lishga .

(Muhriddin Holiqov,dunyo qo'shig'idan )

Qayd etilgan


Abdulhafiz  05 Avgust 2009, 09:19:46

Asri saodatni fayzi o'tibdi,
Muborak zaminga quyosh botibdi,
Abrahalar hali to'lib yotibdi...
Makkani, Xudoyim, omon asragin!
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Whizz-Kid  05 Avgust 2009, 17:19:16

Na gul sayr ayla, na fikri bahor et,
Jahondin kech - hayoli vasli yor et.

Muhabbatsiz kishi odam emasdur,
Gar odamsan - muhabbat ixtiyor et.

Nodira

Qayd etilgan


Abdulhafiz  05 Avgust 2009, 17:30:30

Tanimni qaynagan yog'ga sovoring.
Minorai kalondan tashlab yuboring.
Qaqrasam eng badbo'y suvdan sug'oring.
Men o'zbekman qadah tutmang iltimos!
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Whizz-Kid  05 Avgust 2009, 18:01:06

So'zchi holin boqma, boq so'z holini,
Ko'rma kim der oni, ko'rgilkim ne der.

Navoiy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  07 Avgust 2009, 20:09:23

Rohat topar mehnat cori qadam qo'yg'on,
Zoye' qo'ymas xizmat qilsang piri mug'on,
Xizmat qilmay da'vo qilsang bari yalg'on,
Qul Xoja Ahmad, pir oldida o'lmasmusan?
Xoja Ahmad Yassaviy

Qayd etilgan


Whizz-Kid  08 Avgust 2009, 17:45:07

Naqsh tushmish ko'zda ul yoshim mening,
O'ylakim, bormas buyon yoshim mening.
Komim o'lmoqdur habibimdin yiroq,
Gar hud o'lsun Xizrcha yoshim mening.

Navoiy

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Avgust 2009, 17:55:20

Go'zal dunyo huzurinda ko'p turma,
Har xil taom uzatsa ham yeb ko'rma,
O'paman deb suykalsada o'ptirma,
Ishtonsizda hayo bormi birodar?!
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Hadija  08 Avgust 2009, 18:15:07

Rahmatingga zorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!
Omonating ol oson,
Iymon bilan chiqsin jon,
Jannatda uray javlon,
Do’zaxingdan asragin.
Tilim anda lollikdan,
Holim parishonlikdan,
Yomonlikka yorlikdan,
Rabbim, O’zing asragin!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  08 Avgust 2009, 18:29:21

Nasfga qullik qilmay o'tgan,
Fisq fujurni bilmay o'tgan,
Ham yig'lagan kulmay o'tgan,
G'ariblarga jannat bo'lsin yo Rabbiy.
Oxir kunda omad kulsin yo Rabbiy.
Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan