Bahri bayt  ( 874413 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 192 193 194 195 196 197 198 199 200 201 202 ... 255 B


Fatima  21 Avgust 2009, 12:43:32

Nola qilmagin also
Hayot sinovlaridan.
Sabr do’st bo’lar tanho,
Qo’rqma qirovlaridan.

Dilorom Afzalova

Qayd etilgan


Ansora  21 Avgust 2009, 13:09:09

Nido bergil, qaydasan, sharpangga quloq tutdim,
Sirli tushlar ko`rib men bor dunyoni unutdim.
Tongda turib nomingga ushbu she'rimni bitdim,
Dildagi ohim mening, birinchi muhabbatim,
Yolg`iz Ollohim mening, birinchi muhabbatim.

Abdulla Oripov

Qayd etilgan


Mahdiyah  21 Avgust 2009, 13:53:24

Mo‘min dini haqdir, Alloh kalomi haq,
Usiz sharqning ahvoli xor, tuban erur.
Taraqqiyot osmoniga bizni faqat
Bizni tashlab ketgan ilm eltib berur.

Hayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


Abdulhafiz  27 Avgust 2009, 10:58:34

Rivoyat ayladilar Ibni Abbos,
Rasulu olamindin mehtari nos.
O'shal ro'ze bo'lur ro'zi qiyomat,
Base bo'lg'ay dedi ohi nadomat.
Havo tug`yon bo`lur monandi tos,
Ko`mur yanglig` bo`lurlar jurmliq nos.
Ki ming yilliq sirot ko`rigi bo`lg`ay,
Jahannam ustida tortiliq o`lg`ay.
Qilichdin o`tkuru az mo`yi borik,
Qorong'u kechadin bo'lg'ay u torik.
Xojanazar Huvaydo

Qayd etilgan


Whizz-Kid  30 Avgust 2009, 18:49:10

Kel, ko'nglum, men senga nasihat qilay,
Vatanni tark etib ketuvchibo'lma.
O'zingdan past bo'lgan g'ayir nomardning,
Hizmatiga qulluq etuvchi bo'lma.

Maxtumquli

Qayd etilgan


Ansora  30 Avgust 2009, 19:07:36

Allohning hikmati qor kabi yog‘sa,
Qorlar suvi erib boshingdan oqsa,
Boshingni oldingga egishing bilan,
Mening ushbu she’rim qarshingga chiqsa...
Anglay boshlaysan...

Sezai Karakoch

Qayd etilgan


Abdulhafiz  01 Sentyabr 2009, 04:49:19

Nima bo'ldi ko'p erlarga?
Balki jinlar chalishgan.
Nazarimda kiyimlari
Xotin bilan alishgan.
Bozor, ko'cha aylanarlar,
Kiyib ich kiyimini.
Chunki xotin tortib olgan,
Ustki kiyar shimini...
"Insonnoma"-dan

Qayd etilgan


Ansora  01 Sentyabr 2009, 04:54:18

Iymonim komildir, ishonch-la aytgum,
Vatan haqidadur bu qo‘shiq - bonglar.
Agar o‘zga mavzu bo‘lganda shaksiz,
Joniga tegardi allaqachonlar.

Minhojiddin Mirzo

Qayd etilgan


Abdulhafiz  03 Sentyabr 2009, 10:32:04

Rosul aytdi manimkim ummatimdur,
Qiyomat kun umidi shafqatimdur.
Ko'ngulni bermasun dunyog'a bisyor,
Ani aldar biling dunyoi murdor.
Halol birla harom ishni ayirmas,
Azobi oxirat ko'ngilga kelmas.
Huvaydo

Qayd etilgan


AL_laziz87  06 Sentyabr 2009, 12:48:51

Sog'inchlarda qiynalar jonim
Bir ko'rmoqlik bo'ldi armonim
Bir nigoxga zor xonu-monim
Sizni juda sog'indim SOG'INGANIM!

Qayd etilgan