Munavvar qori ABDURASHIDXON
MUSULMONLIK
"MOVAROUNNAHR"
Toshkent
2004
MUNDARIJA
Muqaddima (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135081#msg135081)
Musulmonlik (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135083#msg135083)
Imon (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135084#msg135084)
Alloh taologa ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135085#msg135085)
Farishtalarga ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135086#msg135086)
Payg‘ambarlarga ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135088#msg135088)
Kitoblarga ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135089#msg135089)
Oxirat kuniga ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135090#msg135090)
Qiyomat kuniga ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135091#msg135091)
Sirot, jannat va do‘zax (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135092#msg135092)
Taqdirga ishonmoq (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135093#msg135093)
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.) (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135095#msg135095)
Sahobalar (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135096#msg135096)
Davlati Umaviya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135097#msg135097)
Davlati Abbosiya (http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=2682.msg135098#msg135098)
MUQADDIMA
Alloh taologa beadad shukrlar bo‘lsinki, Mustaqillik tufayli boy madaniy merosimizni o‘rganish va ma’rifatparvar siymolarning asarlarini xalqimizga yetkazish borasida ko‘p xayrli ishlar amalga oshirilmoqda. O’tmishda millatimizga ma’rifat tarqatgan ko‘pgina olimlarimizning nomlari qaytadan tiklanmoqda. Shunday siymolardan biri Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lidir.
U zot 1878 yilda Toshkent shahrining Shayx Xovand Taxur daxasidagi Darxon mahallasida ziyolilar oilasida dunyoga kelgan.
Munavvar qori otasidan yetti yoshida yetim qoladi. Dastlabki ta’limni onasi Xosiyat otindan olib, xat-savodi chiqqach, Toshkentdagi Yunusxon madrasasida tahsil ko‘radi. 1898 yili o‘sha davrda O’rta Osiyoda ilm markazi hisoblangan Buxoroga borib, madrasalardan birida tahsil ola boshlaydi. Ammo ko‘p o‘tmay moddiy qiyinchilik sababli Toshkentga qaytib kelib, Darxon masjidida imomlik qiladi.
1900 yillardan boshlab taraqqiyparvar ziyoli kishilar orasida o‘qish va o‘qitish, madrasa va maktab islohotiga oid ilg‘or fikrlar olg‘a surilib, bunday ziyolilar "jadid" (yangichi)lar nomini oladi. Munavvar qori xam shu taraqqiyparvar ziyolilar xarakati safiga qo‘shilib, tez orada uning faollaridan biriga aylanadi. 1903 yildan e’tiboran u jadid maktablari ochib, dars beradi va ular uchun darslik xamda qo‘llanmalar yozadi. Jumladan, uning "Adibi avval" ("Birinchi adib", 1907 y.) alifbo kitobi, "Adibi soniy" ("Ikkinchi adib", 1907 y.) o‘qish kitobi, "Sabzavor" (to‘plami), "Yer yuzi" ("Jug‘rofiya"), "Tajvid" (Qur’onni qoidali o‘qish) kabi kitoblari bosilib, yangi usuldagi maktablarda darslik sifatida qo‘llanilgan.
Munavvar qori milliy matbuotimizning ilg‘or jurnalistlaridan bo‘lganligini xam aytib o‘tish joizdir. U 1906 yili "Xurshid" jaridasini chiqara boshlagan. 1917 yilda "Najot", "Kengash", "Hurriyat" va boshqa jaridalarda xam muharrirlik qiladi. Inqilobdan so‘ng xalq, maorifi tashkilotlarida xizmat qilib, ma’rifat ishlari bilan shug‘ullanadi.
Hozirgi Toshkent Davlat milliy dorilfununini tashkil etishda Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘lining hissasi beqiyosdir. 1918 yilning 9 aprelida u kishi raisligida Xalq dorilfununi musulmon bo‘limining kishidan iborat tashkiliy hay’ati tO’ziladi. 3 may kuni o‘tkazilgan saylov natijalariga ko‘ra, Munavvar qori rektor, Iso To‘xtaboy va Burxon Habiblar uning yordamchilari etib saylanadilar. Usha yilning 13 mayida eski shahardagi hozirgi O’zbekiston yosh tomoshabinlar teatri binosida Turkiston xalq dorilfununining musulmon bo‘limi tantanali suratda ochiladi.
Munavvar qorining 1908 yilda yozilgan "Havoy-iji diniya" risolasi uning Turkiston o‘lkasida nashr ettirgan ilk kitoblaridan biridir. Risola juz’-juz’ shaklida turli vaqtlarda chop etilgan bo‘lib, 1909 yilgi nashri barcha juz’larni o‘z ichiga olgan.
Shulardan biri bo‘lgan ushbu juz’ni birmuncha zamonaviylashtirilgan tilda va yangi alifboda nashr etib, muhtaram kitobxonlar e’tiboriga havola qilmoqdamiz.
PAYG’AMBARIMIZ MUHAMMAD
SOLLALLOHU ALAYHI VA SALLAM
Savol: Muhammad alayhissalom qanday zotdirlar?
Javob: Muhammad alayhissalom jumla mavjudot (hamma bor narsalar) ning afzali, Alloh taoloning eng yaqin do‘sti va Rasuli va oxir zamon P ayg‘ambaridirlar.
Savol: Qaysi joyda, qaysi oyda va qaysi kunda tug‘ilganlar?
Javob: Makkai mukarrama shahrida, rabiulavval oyining 12-sida, dushanba kuni tong vaqtida dunyoga kelganlar.
Savol: Otalari kimdirlar?
Javob: Otalari arablarning Quraysh qabilasidan Abdulloh ismli kishidirlar.
Savol: Abdullohning otalari kimdirlar?
Javob: Abdullohning otasi Abdulmuttalib, Abdulmuttalibning otasi Hoshim, Hoshimning otasi Abdulmannon ismli kishilardir.
Savol: Onalari kimdirlar?
Javob: Onalari ham arablarning Quraysh qabilasidan Vahobning kizi Omina ismli xotindirlar.
Savol: Otalari qay vaqtda vafot etdilar?
Javob: Muhammad alayhissalom tug‘ilmaslaridan burun otalari vafot qilgan edilar.
Savol: Onalari qachon vafot etdilar?
Javob: Olti yoshga yetganlarida onalari vafot etib, bobolari Abdulmuttalibning qo‘lida qoldilar.
Savol: Bobolari vafot etgandan so‘ng kimning qo‘lida va tarbiyasida qoldilar?
Javob: Abu Tolib ismli amakilarining tarbiyasida qoldilar.
Savol: Yosh vaqtlarida qanday edilar?
Javob: Yosh vaqtlarida ham ochiq yuzli, shirin so‘zli, nihoyatda to‘g‘ri, aqlli va ishonchli bo‘lib, Makka xalqi orasida e’tibor va shuhrat topib, Muhammad Amin, ya’ni "ishonchli" nomini olgan edilar.
Savol: Necha yoshlarida uylandilar?
Javob: 25 yoshlarida Xadicha ismli bir boy xotinga uylandilar.
Savol: Necha yoshlarida Payg‘ambar bo‘ldilar?
Javob: 40 yoshga yetganlarida Alloh taolo Jabroil ismli farishta vositasida payg‘ambarlik yuborib, bandalarini Islom diniga chaqirishga buyurdi.
Savol: Payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ngra nima ish qildilar?
Javob: Payg‘ambar bo‘lganlaridan so‘ngra o‘n uch yil Makkada turib, uning xalqini Islom diniga taklif qildilar.
Savol: Shu yillar mobaynida Makka xalqidan qancha kishi Islom dinini qabul etdi?
Javob: Bu o‘n uch yil ichida Makka xalqidan va o‘zga joylardan bir necha yuzgina kishi Islom dinini qabul etib, musulmon bo‘ldilar, qolganlari qabul etmay, Payg‘ambarimizga dushmanlik yo‘lidan borib, har xil jabrlar o‘tkazishga, hatto o‘ldirishga harakat qildilar.
Savol: Shundan so‘ngra nima qildilar?
Javob: Shundan so‘ng, 53 yoshlarida Payg‘ambarimiz Alloh taoloning buyrug‘i bilan Makkadan Madina shahriga ko‘chdilar.
(Payg‘ambarimizning Madinaga ko‘chishlari "xijrat" deyiladi. Xijrat kunidan boshlab Islom dini quvvat topganligi uchun musulmonlarning o‘sha yili tarix boshi xisoblanadi va "xijriy tarixi" deb ataladi.)
Savol: Madinaga ko‘chishlariga nima sabab bo‘ldi?
Javob: Bu shaharga ko‘chishlariga kofirlarning musulmonlarga qilgan jabr-zulmlari sabab bo‘ldi.
Savol: Madinada necha yil turdilar?
Javob: Bu shaharda o‘n yil turib, xalqini Islom diniga taklif qildilar.
Savol: Shu yillar ichida musulmonlar soni qanchaga yetdi?
Javob: Bu davrda xar tarafdan odamlar to‘p-to‘p bo‘lib kelishib, musulmon bo‘la boshladilar. Shu sababli qisqa vaqtda musulmonlar quvvat topib, ular soni yuz mingdan oshdi.
Savol: Muhammad alayhissalom necha yoshlarida vafot etdilar?
Javob: Muhammad alayhissalom Madinada o‘n yil turganlaridan so‘ng, 63 yoshlarida vafot etdilar.