Bir paytlar Toshkentdagi "Sharq Mir" savdo markazining 1. qavatidagi foto bo'limida ishlar edim. Hozir nomi nima bo'lgan bilmayman. Odatda magazin 22.00dan keyin yopilar, bizni rasm apparatlari yuvilib joyiga qo'yilguncha ancha vaqt o'tardi. Markaziy eshik yopilgandan keyin darrov kechki navbatchilar kelar, ishimiz tugagandan keyin bizni eshikni ichkaridan ochib chiqarar edi. Hullas, yana kech qolgan kunlarimizdan biri edi, ishlarimiz tugay deb qolgan bir qaradik, bizni bo'limimizga oid rastani ustida kattakon to'rt turibdi, magazinni yon tarafida "Mir burger" bor bilarsizlar, paketni ustida u yerdan olinganligini ko'rsatgan "Mir burger" paketi. Biz 10-15 daqiqa ishlarimiz tugaguncha kutdik, hech kim kelmadi. Himm dedim, kliyentlardan biri esidan chiqib qoldiribdi, qayerga qo'yishni ham bilmaymiz, ertagacha aynib qoladi, eshikda kutib turgan navbatchi ham ko'rinmaydi. Biz ham paketni oldik va burger tarafiga o'tib, tortni paqqos tushirdik qizlar bilan:)
Ertasiga ishga keldik, kechadan qolgan navbatchi bizdan kechqurun tort ko'rdilaringmi, deb so'radik. Biz ham qo'rqa-pisa "ha" dedik. Keyin bilsak, u tort eng katta direktor, Sharq Mirni egasiniki ekan:) bechora tanishini tug'ilgan kuniga tayyorlatib, hozir kelaman, kutib turinlar deb ofisiga chiqib ketgan ekan. Tortni topa olmagandan keyin yana bitta tayyorlatibdi:)