Assalomu alaykum azizlar! Alhamdulillah hayit namozini ham o'qib oldik. Odam juda ko'p bo'ldi. Havotirga tushib masjid atrofida Omonboylar ko'payib ketdi )). Baland ovozda:
"Allohu akbar, Allohu akbar
La ilaha ilallohu Allohu akbar
Allohu akbar va lillahil hamd"ni o'qiganimizda yomon mazza qivordim. Ayniqsa namozni ikkinchi rakatida Ixlos surasi o'qilganda. Alamdan yonishayotganini his qildim. Moskva propka bo'pketdi mashaalloh. Barchangizga Robbimiz bizga bayram qilib bergan kun muborak bo'lsin.
Bu kun shunday kun erurki,
Bu kunning tengi yo'qdir!
Bu kun nafslar hotirjamu
Ko'ngil ham bir muncha to'qdir.
Mir Alisher bayti aytar:
"Mahzun dil chekma jabr,
Har kuning hayit o'lubon,
Har tuning bo'lsin qadr!"
(Hayrulla Hamidov)
Yana bir bor Ramazon hayiti muborak bo'lsin azizlar!