Qayerdandir qiy-chuv eshitildi. "œOchinglar, tez ochinglar!"
"œUlar eshik oldida turishibdi, - dedi erkak. — Agar seni bu yerdan topib olsalar, ikkalamizga ham yomon bo‘ladi".
"œBo‘pti, endi qaytaman, - dedi Anton. — Bu zamon rosa jonimga tegib ketdi".
Erkak Antonga yarqirab turgan billurni uzatdi.
"œBu senga esdalik uchun".
Anton billurni qo‘liga oldi. Uning yassi sirti va burchaklari dilga zavq bag‘ishlardi. Antonda shunday bir tuyg‘u paydo bo‘ldi-ki, go‘yo qandaydir mo‘jizaviy quvvat shu billurdan unga o‘tayotganday edi.
"œMenga mumkin emas-da, - dedi u e’tiroz bildirib. — Agar men bu zamondan biror nima olib ketadigan bo‘lsam, undan qaytib ketolmay qolaman".
"œUnda men o‘zim bir yo‘lini qilib, uni senga yuborishga harakat qilaman", - dedi erkak. — Men zamonga sayohat qilolmayman. Bu yerda ayrim tadqiqot ishlarini amalga oshirishim kerak"¦"
Taqillatish va qiyqiriqlar kuchaydi.
"œEndi eshikni ochmasam bo‘lamaydi", - dedi erkak.