Uyimda tinchgina uxlab yotuvdim... Birdan, ogorodimga katta-katta toshlar uchib kelib tusha boshladi. Qarasam, Ziyouzdan ekan. Biz tomonga tosh otgan kim bo'ldi deb kirsam, o'zimiznikilar ekanku... O'zingdan chiqqan baloga, sen ham balo bilan javob qaytar... :-)
Nimani boshlovchiligini qilish kerak??? Menga qaysi nominatsiyada kim yutganini aytingizlar, men ajoyib she'r bilan (o'zimni maqtab, she'rimni oldindan ajoyibligini aytib qo'yay) taqdimot marosimiga tashrif buyuraman, inshoolloh...
Ha, yana bir narsa. Nominatsiyalarni tanlayotganda, noxolislik bo'lmasin. Aytmoqchi bo'lganim, hisob-kitob qilayotganda yil boshidan buyongi natijalar e'tiborga olinishi kerak. Misol uchun, kimdir yilning birinchi yarmida ancha faol bo'lib, keyin ba'zi sabablarga ko'ra forumga kam kirayotgan bo'lishi mumkin. (O'zimni g'amimni o'zim yemasam, hech qanday sovrinsiz qolib ketaman shekilli. Hech kim eshitib qolmadimi???) Bunday userlardan bir qanchasini bilaman, eng katta misol - Shoir. Ha, endi kamina ham ozmi-ko'pmi...