Bismillohir rohmanir rohiym!
Yaxshilar, o'zbek tili qanchalar maqolga boy? Siz qancha maqol bilasiz? Tilimizning ajralmas bir qismi bo'lgan o'zbek maqollarini bir yodga olmaymizmi? Unda boshlang nega qarab turibsiz!
Necha asrlardan beri halqimiz og'zidan tushmay, tilimizga zeb berib kelayotgan maqollarimizni ushbu forum zarvaraqlariga yozib qoldiishdek imkoniyatiga ega bo'lib turgan buyuk yurt farzandlari ekanliklaringizning o'zi Olloh bergan bir inoyat deb bilaman. Shu kunlarga yetkizgan yagona Tangri Taologa mingdan ming shukronalar aytaman.
O'zim boshlab beraman: "Yetti o'lchab, bir kes"
PS: Xoy yaxshilar, kitobdan olish bo'lmasin! O'zingizdagi o'zingizniki, kitobdagi hammaniki.