A.alaykum. Demakki ijrochi siz ekansiz-da
rahmat.
Kamchiliklarni aytib o'tadigan bo'lsam quyidagicha, zero tanqid kelajakni mevasidir, shunday emasmi
Hikoyalarni o'qishga boshlar ekansiz ovozingiz juda past tondan boshlanadi.
Hikoyalarning mavzusi bu ovoz toningizga sabab bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin eng boshda hikoya muallifi va asar nomini tamoman farqli bir "kirish" bilan boshlashangiz yana ham ta'sirchan bo'lar edi.
Yani hali hikoyani "ichiga kirmagan" ovoz bilan boshlang.
Hikoyani o'qir ekansiz to'htab-to'htab qolish holatlari bor. Balki ovoz yozish asbobidandir, bilmadim. Men buni hayajonga bog'ladim.
Masalan bugun eng ohirgi joylagan "Dahshat" hikoyasini tingladim. Asarning 02.25-26 soniyalarida shunday "hayajon" bor.
Bazan qisqa so'zlarni joyi almashib ketadi. Yana ayni hikoyaning 02.33 soniyasida shunday xato bor.
Kecha tinglagan ha ikki hikoyalarimda ham bunga o'hshash xatolar bor edi.
1. Ovozingizni to'g'ri qo'llana olishingizni tavsiya etaman.
Hikoya qahramonlarining dialoglarini o'qir ekansiz bir-birindan yana ham aniq shaklda ajrata olishimiz uchun ovozingizni ingichkalashtirish yoki qalinlashtirishdan (xarakterlarning salbiy yoki musbatligiga qarab) yana ham unumli foydalanishingiz mumkin.
2. Ovoz yozib oladigan asbobda bazi muammolar bo'lishi mumkin. Bazan harflarni "yutib" yuboryabdi.
Katta rahmat, davomini kutib qolaman