Abu Muso a-lAsh’ariydan naql qilinadiki, ul yuyii uylarida tahorat olgach, tashqariga chiqdilar. Abu Muso: «Bugun Rasululloh sallallohu alayhi va sallamga bir xizmat qilayin, kunimni ul zot birlan o’tkazayin!» — deb niyat qildim», — deydilar. So’ng, Abu Muso masjidga borib, Rasululloh sallallohu alayhi va sallamni suradilar. Masjiddagilar: «Bu yerdan chiqib, hov anavi tarafga ketdilar», — deyishdi. Abu Muso bunday deydilar: «Men masjiddan chiqib, ortlaridan qidirib bordim, bilsam, Bi’ru Arisga (sahnida qudug’i bor bir boqqa) kirib ketgan erkanlar. Ul zot hojatlarini bajarib bo’lib, tahorat olgunlariga qadar boqqa kirmay, uning xurmo shoxlaridan qilingan eshigi oldida (kutib) ultirdim. Keyin, urnimdan turib, ul zot tomon yunaldim. Qarasam, quduq taxtasining urtasida, izorlarini shimarib, oyeqlarini quduq ichiga osiltirib o’ltiribdilar. Qoshlariga borgach, ul zotga salom berdim. Sung, yana eshik oldiga borib uldirdim. Uzimga uzim: «Bugun Rasulullohga bir eshikbonlik qilayin!» — dedim. Shu asnoda Abu Bakr raziyallohu anhu kelib, eshikni taqillatdilar. Men: «Kim bu?» — dedim. Ul kishi: «Abu Bakrman», — dedilar. Men: «Shoshmay turingiz!»— dedimda, ul zotning qoshlariga borib: «Yo Rasulalloh, Abu Bakr kelib, ichkariga kirmoqqa izn surayetirlar», — dedim. Ul zot: «Ijozat ber va jannati ekanliklarini aytib, xushnud qil!» — dedilar. Men eshik oldiga borib, Abu Bakrga: «Kiringiz, Janob Rasululloh sizning jannati ekanligingizni bashorat qildilar», — dedim. Abu Bakr boqqa kirdilarda, Janob Rasulullohning ung tomonlariga borib, ul zot singari izorlarini shimargach, oyeqlarini quduq ichiga osiltirib ultirdilar. Men yana eshik oldiga borib ultirdim. Men boya birodarim (Abu Burda)ni: «Тahorat qilib, sung ortimdan yetib olgil!» — deb uyda qoldirib kelgan erdim. Shul bois: «Agar Olloh taolo falonchiga (ya’ni, birodarimga) yaxshilikni ravo kurgan bo’lsa, u bul yerga kelur» — deb endi xayelimdan o’tkazgan erdim hamki, bir kishi eshikni itara boshladi. Men: «Kim bu?» — dedim. Ul kishi: «Umar ibn al-Хattobman»,— dedilar. Men: «Bir oz kutib turingiz!» — dedimda, Janob Rasulullohning qoshlariga borib salom berdim. Sung: «(Yo Rasulalloh), Umar ibn al-Хattob kelib, ichkariga kirmoqqa ruxsat so’rayetirlar», — dedim. Ul zot: «Ijozat ber va janiati ekanliklarini aytib, xushnud qil! — dedilar. Men (eshik oldiga) borib, ul kishiga: «Kiringiz, Janob Rasululloh sizning jannati ekanligingizni bashorat qildilar», — dedim. Hazrat Umar ichkariga kirdilarda, Janob Rasululloh, ning chap yenlariga borib, oyeqlarini quduq ichiga osiltiribultirdilar. Men yana (eshik oldiga) qaytib borib o’ltirdim.' layelan: «Agar Olloh taolo falonchiga (ya’ni, birodarimga yaxshilikni iroda qilsa, u bul yerga kelur» deb erdim hamki,(yana) kimdir kelib, eshikni itara boshladi Men: «Kiml yedim Ul kishi: «Usmon ibn Affonman» dedilar.Men: «Bir oz kutib turingiz!» dedimda, Janob Rasulullohning qoshlariga borib, (Usmon ibn Affonning ichkariga kirmoqqa izn surayetganlarini) ma’lum qildim. Ul zot: «Ijozatyer va boshlariga tushadirgan musibat oqibatida (shahid bo’la jaklarini hamda shul tufayli) jannatga kirajaklarini aytib, xushnud qil!» dedilar. Men Hazrat Usmonning oldilariga Syurib: «Kiringiz, Rasululloh sallallohu alayhi va sallam boshingizga tushadirgan musibat oqibatida (shahid bo’liO), jannatga kirajagingazni bashorat qildilar», dedim. Dazrat Usmon ichkariga kirib, (quduq labvdagi) taxtada ultirgali joi qolmaganini kurdilarda, (quduqning Janob Rasulullohga) qaramaqarshi tarafiga borib ultirdilar».Sa’id ibn alMusayyib: «Men bu voqeani (ya’ni, Janob Rasulullohning ung tomonlarvda Abu Bakr, chap tomonlarida Umar va oyeq tomonlarida Usmon raziyallohu anhumning ultirganlarini) ularning qabrlarining qay tartibda joylashi. shiga iuidim», — deydilar».