200-bob Ovqatlanishda beodoblik qilgan kishini odobga chaqirib, nasihat qilish xususida
572/1. Umar ibn Abu Salamadan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men yoshlik paytimda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning qaramog‘larida bo‘lganimda qo‘limni laganning har tomoniga uzatib (ovqatlanayotganimda), u zot: «Bolam, Alloh ismini zikr qilib, o‘ng qo‘ling bilan yeb, o‘zingning tarafingdan tanovul qilgin», deb aytdilar». Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari.
Boshqa bir sahih rivoyatda: «Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ovqatlanib, laganning har tomonidan yeyayotganimda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga «Uzingni oldingdan yegin», deb aytdilar», deyiladi.