Shakar kasallari (diyabetlar) uchun shirinliklar.  ( 3424 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  09 Mart 2012, 15:44:45

 :asl3:

Qizlar iltimos qilishgani uchun bu tur shirinliklarni qidirib topdim...

Avvalambor butun dardmanlarimizga shifo tilayman. Men doktor emasman, faqat Turk tilidagi (shakar kasallari uchun) yozilgan shirinliklarni tarjima qilib yozaman holos. Bulardan tayyorlamoqchi bo'lganlar yana bir doktorlaridan so'rab iste'mol qilsinlar, iltimos...


Olmali shirinlik.

1 dona olma
3-4 dona o'rik qoqisi (turshak)
2 qoshiq diyabetik muzqaymoq
2-3 qoshiq ovsyanka yoki myusli
gvozdika

Olmalarning po'stini archib, to'rtburchak shaklida to'g'rang, qoraymasligi uchun 1-2 tomchi limon suvi siqing ustiga, turshaklarni ham tograb, olma bilan birga biroz suvda qaynatib oling. Mevalar yumshagandan song suzib, tarelkaga soling. Ustiga ovsyanka yoki myusli seping. Eng ustiga diyabetik muzqaymoq solib, ikrom eting.

Shifo bo'lsin...

Qayd etilgan


Ansora  09 Mart 2012, 15:45:09

Mo'l yong'oqli shirinlik

Masalliqlar:

1 litr yog'siz sut
5 qoshiq kepakli un
Istakka qarab qirg'ichdan o'rkazilgan olma
yog'siz va suvsiz qatiq, mo'l yong'oq
oz miqdorda diyabetik shakar (istakka qarab)

Tayyorlanishi:

Shakar, sut va unni qozonga solib, past olovda pishirib oling. Agar mahsus shakar solmasangiz va faqat olma ishlatsangiz unda sut bilan unni pishiring.

Pishgan qorishmani idishlarga solib, sovuting.

Ustiga yaxshilab aralashtirilgan qatiqsni suring, yong'oq seping.

Shakar solmaganlar qatiqdan keyin qirilgan olma sepsinlar.

Shifo bo'lsin...

Qayd etilgan


Ansora  09 Mart 2012, 15:45:27

Shokolad sousli "tovuq ko'ksi" -Turkiyada shunaqa shirinlik bor.

Masalliqlar:

1 litr sut
1/4 diyabetik shakar
0.5 qoshiq vanilin
0.5 qoshiq kungaboqar yog'i
4 qoshiq un

Tayyorlanishi:

Sut, shakar va vanilin qozonda past olovda, shakari eriguncha aralashtiring. Alohida qozonda yog' va un unning hidi kelgunga qadar qovuriladi va yondagi iliq shakarli sut unga aralashtiriladi, tez tez aralashtirib, qaynab chiqqancha pishiriladi. Ichi biroz xo'llangan to'rtburchak idishda (iloji bo'lsa shisha) to'kib, tekislanadi, xona haroratida sovushga qoldiriladi.



Shokoladli sous masalliqlari

1 stakan xona haroratida saryog'
4 dona tuxum
0.5 stakan kakao
0.5 stakan diyet shakar (bu shakarni yaxshilab blenderda ezing va shakar upasi hosil qiling)

Sousning tayorlanishi:

Butun masalliqlarni blenderda aralashtiring, ko'pirsin. Sovugan sutli qorishma(muhallebi)ni ustiga ko'pirgan sousni tokib, tekislang. ustini naylon bilan (sterch film) yaxshilab yopib, 2 soat muzlatgichda qoldiring.

Shifo bo'lsin:)

Qayd etilgan