Qizlajonla, rostan ham qaynana ona bo'lomidimi?!
Axir uniyam bolasi boruuu
Lu'lu opajonimiz yaqinda qaynona bo'ladilar, shuning uchun bu tashvish tushdimi, deyman bonu:)
Bu savolga aslida kelinlar javob berishi kerak, qizlar hech narsa bilmaydi, har bir qiz bu narsani boshidan o'tkazishi kerak
Men qisqa shuni aytaman: hech qachon boshqasini, bolangiz yoki bolalaringizday yaxshi ko'ra olmaysiz. Chunki bolani ona 9 oy qornida tashib yuradi, u dard tortadi bolasi uchun. Bola hech narsaga o'hshamaydi. Jigaringiz, yuragingiz tanangizni hamma joyi zirqiraydi agar bolangizga shamol tegsa.
Lekin kelinlar qaynonasini yaxshi ko'rmasa ham HURMAT QILISHGA MAJBUR!
Qaynona hech qachon onaday yaxshi ko'rilmaydi, onani o'rnini xatto OTA HAM BOSA OLMAS EKAN, QAYNONAGA YO'L BO'LSIN!!!
Lekin qaynona ham yaqiningiz, hayotingizni birlashtirgan insoningizni onasi.
Farzandlaringizni buvisi, qoningiz bir baribir.
Lekin: qaynona keliniga onalik hissi bilan yaqinlashsa, kelin bu hisni ich ichidan sezsa, albatta onaday sevishga, erkalashga, butun dardini aytishga harakat qiladi....
Men hech qachon keliniga haqiqiy onasini sevgisini bergan qaynonaga xuddi shunday mehr bilan javob bermagan kelinni ko'rmadim...
Oilada qizlar kelinni, yangani odatda qizg'onishadi, qaynisingillarga ham bog'liq, onasini yangasi bilan bo'lisha olsagina kelin qaynisingil emas, jon singilday sevadi...