forum.ziyouz.com

Jamiyat va inson => Salomatlik => Bolalar tibbiy tarbiyasi => Mavzu boshlandi: Ansora 07 Mart 2011, 14:37:47

Nom: Emlash (privivkalar jadvali)
Yuborildi: Ansora 07 Mart 2011, 14:37:47
Quyida majburiy privivkalarning asosiy ro'yxati keltirilgan bo'lib, ularning xili va qilinish muddati turli mamlakatlarda biroz farqlanishi mumkin. 

Gepatit B - Bola 1 haftaligida, 1 oyligida va 6 oyligida qilinadi.

BCJ (tuberkulyoz) - Bola 1 haftaligida, 7 yoshida va 14 yoshida qilinadi.

AKDS (koklyush, difteriya, stolbnyak) - Bola 2 oyligida, 4 oyligida, 6 oyligida, 18 oyligida va 6 yoshida qilinadi.

Poliemilit - Bola 2 oyligida, 4 oyligida, 6 oyligida va 4-6 yoshgacha qilinadi.

MMR (kor', krasnuxa, parotit) - Bolaning 12-15 oy orasida qilinadi.

Vetryanka - Bolaning 12-15 oylarining orasida qilinadi.

Bulardan tashqari yana ixtiyoriy privivkalar mavjud (masalan, grippga qarshi) va hudud bo'yicha qilinadigan privivkalar bor (masalan, Yaponiyada Yaponcha ensefalitga qarshi).


Manba: www.uzbaby.com
Nom: Re: Emlash (privivkalar jadvali)
Yuborildi: Mo'min Mirzo 07 Mart 2011, 19:58:18
Shunday zaharlardan farzandlarimizni saqlashamiz kerak. Men farzandimni biror marta privivkaga olib bormadim, poliklinikada chaqiraversa ham ruhsat bermadim.
Nom: Re: Emlash (privivkalar jadvali)
Yuborildi: muxlisa 07 Mart 2011, 20:49:38
 :as:
Islambio degan saytda har turli emlashlar haqida o'qib  emlanadigan bolajonlarga raxmilarim kelib ketdi...

Nom: Re: Emlash (privivkalar jadvali)
Yuborildi: Ansora 08 Mart 2011, 14:38:05
Shunday zaharlardan farzandlarimizni saqlashamiz kerak. Men farzandimni biror marta privivkaga olib bormadim, poliklinikada chaqiraversa ham ruhsat bermadim.

:as:
Islambio degan saytda har turli emlashlar haqida o'qib  emlanadigan bolajonlarga raxmilarim kelib ketdi...



 :as:

Zararlari haqida aytib o'tsangiz, biz ham xabardor bo'lardik.
Nom: Re: Emlash (privivkalar jadvali)
Yuborildi: muxlisa 08 Mart 2011, 16:12:41
 :vslm:

Kapalak opa, www.islambio.com da va uz.islambio.com da emlash haqida ma'lumotlar bor. o'qib ko'ring, opa. emlashning zararlarini birinchi bor shu saytda o'qigan edim.
Nom: Re: Emlash (privivkalar jadvali)
Yuborildi: Ansora 08 Mart 2011, 16:42:45
Xozirgi kundagi emlashlarni sovet paytidan farqi bormi? Chunki sovet paytida juda yaxshi e'tibor berishardi har bir insonni sog'liqli bo'lishiga.
Turkiyada ham emlashlar juda mashur. Yuqorida ko'rsatilganlardan ham ko'p. Men yaxshilab qarab chiqib yozaman nasib bo'lsa emlash shaklini.
O'g'lim tug'ilishi bilan unga gepatitga qarshi ukol qilishgandi. Sizdan so'ramaydi, xohlaysanmi, yo'qmi? deb. Qiziqmasangiz bilmay ham qolasiz, nima ukol qilishganini. Keyin tug'ilgandan 1-2 soat o'tmasdan tovonidan qon olishgandi. Nimagaligi xozir esimda yo'q:(
1 haftalik bo'lgandan keyin yana tovonidan qon olishdi. Sababi qondan aqli joyidami, yo'qmi, yani ruhiy kasalligi bormi, 1 oy ichida aniqlab sizga agar shunday narsa bo'lsa(Alloh saqlasin) telefon qilamiz, telefon qilmadikmi, bilingki bolangizni zehni joyida, deyishdi...