* * *
Abraha yaxshi uxladi. Тongga qadar parishon holga kelgan zehnini oxiri uyqu eltib, orom oldi. Kech uyg’ondi. Nonushta asnosida hayajonini yashira olmadi. Darhol lashkarga yurishga amr berdi. Safning eng oldidan ulkan fil joy oldi. Yo’g’on baquvvat xartumi bilan Ka’bani yiqitishi kutilmokda edi. Arablar balki u Baytni so’nggi marotaba tavof qilib vidolashayotgandirlar.
Тayyorgarliklar tugadi. Bu orada Nufayl ibn Habib filga yaqinlashib: «Ey Mahmud, cho’k. Sog’salomat kelgan joyingga qayt. Chunki sen Ollox harom qilgan, qo’l tekkizilmog’i man’ etilgan hududda turibsan» dedida, juda tezlik bilan toqqa qarab chopib ketdi.
Abraha hozirlangan otiga mindi va yurishga buyruq berdi. Filning egasi Unays filga yurishni amr qildi. Ammo fil yotgan joyidan qimirlamadi. Unays qo’lidagi tayok bilan filni yengilgina urdi, jonivor baribir qimirlamadi. Yana urdi, yana urdi, hech turadiganga o’xshamadi. Abraha otining ustida viqor ila turib, filning o’rnidan qalqishini kutmokda edi. Nihoyat, sabri tugadi:
— Тezroq turg’az bu hayvoningni! — deb baqirdi.
Unays buyruqni bajarmoq niyatida tayoqni bor kuchi bilan filga urdi. Biroq buning ham natijasi bo’lmadi.
—Ahmoq, filni shunaqa tarbiyalaysanmi?
—Hech bunday odati yo’q edi, sultonim, unga nima bo’lganini tushunolmayapman.
Yordamchilarni ham chaqirib, filni birgalikda turg’azmoqchi bo’ldilar. Lekin na yordamchilarning g’ayrati, na Unaysning peshonasidan oqayotgan terlar va na tanasiga urilgan zarbalar jonivorni joyidan qimirlata oldi. Abraha asabi buzilib, jig’ibiyron bo’lib, nima qilarini bilolmay qoldi. Borgan sari g’azabi oshgan Abraha ko’lidagi nayzasini filning burniga sanchdi. Burnidan qon otilib chiqdi, hayvon o’rnidan sakrab turdi. Biroq oldinga qadam tashlamadi.
― Narigi tomonga burchi, — dedi birisi filbonga.
Shunda o’ngga o’girildi. Abraha kulimsiradi. Chunki fil yura boshlagan edi. Orqaga yurdi, chapga qayrilib yurdi. Qaysarligi tugagandek edi. Ammo Ka’ba tomonga yo’naltirilgan zahoti fil turgan joyiga mixlangandek bo’ldiqoldi. Makka tomonga bir qadam ham qo’ymadi. Yana o’ngga, chapga, orqaga yurgizib ko’rdilar, yurdi. Makka tomonga esa, qayrilar ediyu, hech yurmasdi.
Shu vaqt Abrahaning zehnida chaqmokdek bir ovoz chaqnadi: «Men tuyalarning egasiman. Baytni esa, egasi qo’riqlab oladi». Demak, filning Makka tarafiga qadam tashlay olmayotgani Baytning ko’rinmas sohibiga aloqador bir hikmatdanmikan! Endi Abrahaning oldida ikki yo’l turardi: yo filni bu yerga tashlab, lashkar bilan Makkaga hujum qilish, yoki butun lashkarni olib ortga qaytish. Ammo shuncha aziyatlar Makka ostonasiga kelganda orqaga qaytish uchun chekildimi? Bu muazzam lashkar katta maqsad bilan to’plangan, axir. Abraha filni shu yerda qoldirib, olg’a yurishga qaror berdi.
Shu vaqt ufqda paydo bo’lgan bir to’p qora narsa e’tiborini tortdi. Bu qora borgan sari yaqinlashib kelayotgan qushlar to’dasi edi.
— Bu tomondan ham kelayotirlar.
Abraha o’girildi. O’ng tomondan ham bir to’da kush yaqinlashmoqda edi.
— Qaldirg’ochga o’xshaydi.
— Io’q, bular abobil kushlaridir.
― Qaranglar, bu tarafdan ham kelayotirlar.
— Demak, hammasi bizning ustimizdan uchib o’tishadi.
― Ustimizni ishqilib iflos qilishmasinda... Fil esdan chiqib, lashkar har tarafdan uchib kelayotgan qushlarga tikilish bilan ovora edi.
—Umrimda ko’rmaganman bunaqasini.
—Orqa tomondan ham kelayotirlar qupsh qurmagurlar.
—Тolei bor birontamizning boshimizga nimadir tashlab ketar.
— E, tole’ bizda nima qilsin...
Qushlar juda yaqinlashib qoldi. Lashkarning ustiga keldi. Shu payt bir faryod eshitildi:
— Onajon,voy-dod!.. Birinketin ohu faryodlar ortaverdi.
Qo’lini ushlagan odamga qaradilar. Bilagi teshik, qon otilib chiqardi. No’xatdan kichik, moshdek keladigan, pishgan g’ishtning ushog’i singari qattiq bir tosh bor edi qo’lida.
—Nima bo’ldi, og’ayni?
—Kim otdi senga?
Ammo bu savolni berdilaru o’zlari ham baqira boshladilar. Chunki kushlar teiadan yog’dirayotgan toshlar ularga ham nasib etgan edi. Metin toshchalar duch kelgan odamning vujudini teshib yuboraverdi.
Ikki daqiqadan keyin butun boshli lashkar nima qilarini bilmay, shoshilib qoldi. Yerda tipirchilayotganlar, u yoqdan bu yoqka qochayotganlar, ko’liga tushgan narsani o’ziga qalqon qilib saqlanishga bexuda urinayotganlar va jigarlari uzilayotgandek bo’kirayotganlar sonsanoqsiz edi.
Lashkar qayerga qochishini bilmay sarson holda:
— Nufayl... Nufayl... — deb baqirar edi. Nufayl xuddi shu voqealar sodir bo’lishini oldindan bilgandek qochib ketib, jonini saqlab qolgan edi. Nufayl ularga qutulish yo’lini ko’rsatadigandek, uni qidirayotgan edilar. Lekin endi kech. Qudrat qo’li bilan otilgan o’qlar yoydan chiqib nishonga tekkan edi. Ka’ba sohibining tengsiz qudrati oldida ulug’vor lashkarning tiz cho’kishdan va bu musibat qarshisida faryod chekishdan boshqa chorasi qolmagan edi.
Abraha bir oz avval zavq bilan tomosha qilgan qushlarning endi qay taxlitda ustlariga falokat yog’dirayotganini ko’rib, barcha rejalari puchga chiqqanini, jon saqlab qolish chorasini izlashdan o’zga yo’li qolmaganini sezdi. Ko’z o’ngida xaybatli va nuroniy qariya iaydo bo’lgandek bo’ldi. U tuyalarini olib ketishga kelgan va Ka’bani haqiqiy egasiga topshirgan Abdulmuttalib edi. «Mana, ko’rding. Ka’baning sohibi mulkini shunday muhofaza kiladi», degandek bo’ldi unga.
Otidan tushmoqqa urindi. Ot uning tushmoqchi bo’lganini bilgandek, cho’kdi. Ammo u qushlar yog’dirayotgan toshlardan bir nschasi tekkani uchun majburan cho’kkan edi, buni Abraha angladi. Sho’rlik otga tekkan tosh uning butun vujudini teshib o’tgan edi. Abraha chodirga qarab chopdi. Ammo tizzasida birdan paydo bo’lgan kuchli og’riq uni joyiga mixlab qo’ydi. Boshqa bir tosh esa, qo’lini teshib o’tdi. Endi qutulishning iloji yo’qligini anglab yetdi. Osmon mahshar qadar to’polon edi.
Qaldirg’och kattaligidagi behisob qushlar to’dato’da bo’lishib uchib o’tishardi. Yerda jon berastganlar, o’lganlar qalashib yotardi. Dodfaryodlar, ingrashlar mudhish shovqin hosil qildi. Besh daqiqa o’taro’tmas maydonda tik turgan biron jon qolmadi. Barchasi o’rilgan bug’doy bog’lari kabi yerga yastandilar. Har birining tanasi ilmateshik bo’lib ketgan.
Qushlar butun lashkarni shu tarzda mahv etgach, astasekin tarkala boshladilar. Ammo lashkar orasida uning tarqalayotganini ko’ruvchi biron odam zoti qolmagan edi. Aksariyati o’lgan, ba’zilari jon bermokda edilar.
Bir qism askarlarning taqdiriga ajal bitilmagan, bu mudhish manzaraning shohidi sifatida tirik qolishlari istanilgan edi. Ular Abrahaning boshqalar singari badani ilmateshik holda yotganini ko’rdilar. Emaklashga ham holi yo’q edi uning. Qayeridan ushlasalar, to’kilib ketaman derdi. Bir matoga solib, sog’ qolgan tuyalardan biriga yukladilar va San’o shahri tomon yo’lga tushdilar.
Abraha orasira: «Hali kelmadikmi?» deb so’rab qo’yar edi.
Bu yo’l unga dunyoni yetti marta aylanayotgandek juda uzun ko’rindi. Nihoyat, olisdan San’o shahrining xurmozorlari ko’rinib, mujda berildi. Lekin Abrahaga bu xabarni zshitish nasib etmadi. Chunki ajali yetib, dunyodan o’tgan edi.
Ollohning Baytini vayron qilaman deb yo’lga chiqqan Abraha hayotining so’nggi kunlarini hech vaqt xayoliga keltirmagan shunday safolat ichida tamomladi.
Baytullohga qarshi ochgan urushida achchiq mag’lubiyatga uchradi.
Misli ko’rilmagan katta bir lashkarning qo’mondoni va Yaman sultoni bo’lmish Abrahaga qasamini amalga oshirish nasib etmadi, balki mag’lub va parishon holda jasadi San’oga qaytib keldi.
Umrining so’ngida ilmateshik vujudi chirib, sasiy boshlagan, o’zidan o’zi jirkanadigan holga tushgan edi u. Yashagan taqdirda ham, hayoti o’zi uchun, uni olib kelganlar uchun tuganmas bir falokat bo’lur edi.
Abrahaning o’lganini eshitganlarning yuzlarida «Хayriyat qutuldik», degan ma’noda mamnuniyat balqib turardi.