OMONATDORLIK MO'MINGA XOS FAZILATDIR.
Omonatdorlik maqtovga sazovor sifatlardan bo’lib, u bilan sifatlangan inson qayerda bo’lmasin aziz-u mukaram bo’lib yashaydi. Shuningdek bu omonatdorlik sifati otgan barcha payg’ambarlar xususan payg’ambarimiz Muhammad mustafo sollollhu alayhi va sallamning sifatlaridandir. Malumki risolat kelishlikdan oldin ham payg’ambarimizni arablar “Muhammadul amin” omonatdor, ishonchli Muhammad deya chaqirishgan. U zoti sharif hayoti davomida hech qachon omonatga hiyonat qilmaganlar. Hatto Makkani tashlab chiqib ketayotgan bo’lsalar ham Makkaliklarni omonatlarini berib qo’yishlik uchun o’rinlariga jiyanlari Aliy roziyolloho anhuni qoldirganliklari tarixdan ma’lum.
Omonatdorlik ado qilishlik mushkul bo’lgan ishlardandir. Shuning uchun Alloh taolo Quroni Karimda: “Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga,y erga va tog'larga taklif qildik. Bas, ular uni ko'tarishdan bosh tortdilar va undan qo'rqdilar. Uni inson ko'tardi. Darhaqiqat, u o'ta zolim va o'ta johildir”. (Ahzob, 72).
Ushbu oyati karimada Alloh taoloning omonatidan murod ibodatlar bo'lib, Alloh taoloning eng ulkan maxluqotlari – osmonlar, ulkan Er va ulug'vor tog'larga taklif etilganda, ular bu omonatni ado qilishlikdan qo’rqishib zimmalariga olishmadi. Vaholanki, ular Alloh amriga qarshi borishmaydi, o'zlariga yuklangan narsadan bo'yin tovlashmaydi. Inson esa o'zining zaifligiga qaramasdan uni o'z zimmasiga oldi. endi ado etmog’i kerak.
“Omonat» so'zi «amana» felidan olingan bo’lib “ishonib topshirilgan narsa” ma’nosini anglatadi. Ishonib topshirilgan narsa-buyum, vazifa, gap, aytilgan sir va shunga o’xshagan, ishonib topshirilgan barcha narsalar omonatdir.
Omonatdorlik Alloh taolodan qorqishlik va dindorlik alomatidir. Alloh taolo Quroni karimda shunday marhamat qiladi: “Agar bir-biringizga omonat qo'ysangiz, omonat qo'yilgan kishi omonatni qaytarsin va Rabbi bo'lmish Allohdan qo'rqsin!..” (Baqara, 283);
Birov sizga “Falonchiga salom aytib qo'ying” desa, bu ham omonatdir. Sizga aytilgan sirni saqlash, uni fosh qilmaslik ham omonatdir. Zero, bu do'st va tanishlar haqini saqlash hisoblanadi. Xiyonat qilish gunohi og'ir sanaladi.
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Payg'ambar (sollallohu alayhi va sallam) bilan birga o'tirgan edik. Shu payt Oliya qabilasidan bir kishi kelib: “Yo Rasululloh, menga bu dindagi eng oson va eng qiyin narsani aytgin”, dedi. U zot: “Bu dindagi eng oson narsa “La ilaha illalloh” kalimasini aytish, eng qiyin narsa esa, omonatdorlikdir. Kimning omonatdorligi bo'lmasa, uning dini yo'qdir. O'qigan namoziga, tutgan ro'zasiga va bergan zakotiga ham savob olmaydi”,deb javob berdilar.
Abu Dovud (r.a) keltirgan rivoyatlarda Rasululloh (s.a.v) "Senga omonat bergan kishining omonatini ado et, senga xiyonat qilganga xiyonat qilma", "Kishi boshqa kishiga bir gapni aytsa, so'ng u yoq-bu yoqqa qarab qo'ysa, u (gap) omonatdir", deb nasihat qilganlar.
Hikoya
Bir kuni Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu bir do'sti bilan safarga chiqdi. Ular charchab, bir tog'ning yonida dam olgani o'tirdilar. Shu payt oldilaridan bir cho'pon podasini haydabo'tib qoldi. Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu anhu uni chaqirib:
– Bu suruvning cho'poni senmi? – deb so'radi.
– Ha.
– Qo'ylaringdan birini menga sotgin.
– Bu qo'ylar mening mulkim emas. Men xo'jayinimning qo'ylarini boqib yuribman.
Abdulloh roziyallohu anhu uning qanchalik amonatdor ekanini sinamoqchi bo'lib:
– Sen bizlarga bir qo'yni sotib, xo'jayininga bo'ri eb ketdi, deb aytsang bo'lmaydimi? – dedi.
Cho'ponuning bu so'zidan qattiq ranjib:
– Qiziq odam ekansiz-u! To'g'ri, xo'jayinim meni ko'rmaydi, uni aldashim mumkin. Lekin, meni doimo ko'rib turuvchi Alloh taolo qiyomat kunida qo'y haqida mendan so'rasa, nima deb aytaman, qanday javob beraman?! –dedi.
Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhu cho'ponning gapidan ajablanib, Allohning qo'rquvidan yig'lab yubordi. So'ng bu cho'ponning xo'jayiniga uchrab, undan cho'ponni va qo'ylarni sotib olidi-da, cho'ponni ozod qilib, qo'ylarni unga hadya qilib berdi.
“Mirza Xoliq ota” jome masjidi imomi: Muhammadiyhon Hojiyev