Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 752504 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 16 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 ... 155 B


siddiqa  02 Sentyabr 2009, 16:45:39

Bizning fotogallereyaga Buxoroga oid rasmlarni joylar ekanman, bir voqea esimga tushib ketdi. Bundan yillar oldin, hali 10-11 yoshlarda edim adamshmasam. Mahallani ayollari kengashib Samarqandga "aylanib,bozor qilib kelaylik" deb bir kunni rejalashtirishdi. Yani ham ziyorat, ham tijorat:) O’sha paytlar ayollas tez tez shunday joylarga borib turishardi. Samarqandni eshitishim bilan aya, meni ham olib boring, dedim. Ayam ko'ndilar...Hullas, Samarqandga yetib keldik. Bir avtobus ayol Registondan boshlab aylana boshladik. Birdan yonimizga 60-65 yoshlarda bir otaxon keldi. Agar hohlasangiz bu yerning tarihi haqida gapirib beraman, dedi. U kishi hayajon bilan bizga Samarqand va u yerda yotgan aziz avliyolardan gapira boshladilar. U paytlar hali mustaqil bo'lmaganimiz uchun bu mavzularda gapirish mumkin emas edi. Ham insonlarimizga ham u paytlar bu voqealar huddi ertakday kelardi. Ayam ancha dindor oiladan kelgan bo'lganliklari uchun  yashirincha namoz o'qir, Qur'on o'rganar edilar. Otaxonni gaplari ayamga juda ta'sir qildi. Lekin qolgan ayollar, bunchalik yetadi, endi sekin bozorga boraylik, deyishdi. Asosan bu sayohatni tashkillashtirgan ayol diniy suhbatdan juda siqilib, mayli mayli rahmat, qani xotinlar, bozorga, deb hammani bozor tarafga sudrab ketdi. Ayam birotaxonga bir xotinlarga qarab majburan bozor tarafga yura boshladilar. Men ham qo'llaridan ushlab, tiqilinch bozorda yo'qolib qolmaslik uchun atrofga hayron hayron qarab yura boshladim. Ayam, azgina oldin qariyani aytgan gaplarini tushindingmi, deb sekingina so'radilar, men yo'q, dediö. Ayam, himm, mayli, keyin senga tushuntirib beraman, dedilar. Bozorni aylandik, hamma kelishilgan vaqtda avtobusni yonida to'plana boshladi. Bir vaqt uzoqdan hovliqib, bo'ldi, endi bozorga boramiz, degan ayol kelyabdi. Ko’zlari alang-jalang, juda sarosima holda edi. Ma'lum bo'lishicha yelkasidan o'tkazib olgan katta sumkasini ichida o'sha paytdagi 2-3 oylik maoshini to'plagan puli bor ekan. Bozorga tushishlari bilan ayolning sumkasini kesib ketishibdi.... Butun ayollar, voy sho'rimmm, deb ayolni ovuta boshlashdi. Uyga kelganimizdan keyin, ayam, bilasanmi qizim, anavi holani nima uchun sumkasini kesib ketishdi, chunki u u yerda yotgan azizlarga hurmatsizlik qildi, duo ham qilmasdan,,, eee yetar, bozorga ketamiz deb u yerdagi amakini ham ko'nglini og'ritdi.
Samarqandga har borganimda bu voqea esimga tushib ketaveradi. Anavi otaxon rostan ham insonmidi yoki"¦deb o’ylanib qolaman"¦

 

samarqandni eslasam doimo yahshi hotiralar ,aziz birodarlarim va  bizni universitetga tayyorlagan ustozlar bn borgandik .hammasi ajoyib bo'lgandi ayniqsa ustozlarimizning tilovatlariyu ,hamma hammasi
!!!
faqat bizga  gidlik qilgan ayolning ovozi yoqmagandi to'g'rirog'i   tinglovchilarni gapirgan gaplariga ishontira olmagandek .

Qayd etilgan


Ansora  02 Sentyabr 2009, 17:28:04

Turkiyaga endi kelgan paytlarim. Yevropa yoqasidan Osiyo tarafga o'tishim kerak. Cho'tagimda Turk lirasi qolmagan, biletim ham yo'q. Ozgina dollarim bor, lekin dollar almashtiradigan yerlar yopilganiga ancha bo'lgan. Men ham tavakkal qilib ko'raychi, dedim va minishim kerak bo'lgan avtobusga mindim. Odatda 1- eshikdan miniladi, 2-, 3- eshiklardan esa faqatgina tushiladi. Bilet otmasdan shofyorga qaradim va "Sofyor bey, men bilet tashlamasam, bo'ladimi," dedim. Shofyor menga qarab kulimsiradi, ha bo'ladi, deb javob berdi. Hamon 1-o'rindiqqa o'tirdim. Oynadan esa shofyor menga qarab kulimsirayabdi. İchidan nimalar, deb o'yladi, Xudo biladi. Bo'qoz ko'prigidan o'tib, Anadolo'lu yoqasiga, (Osiyo qit'asi) o'tib, tushadigan bekatimga kelay deganda, shofyorga yaqinlashib katta rahmat aytdim. U esa, hechqisi yo'q, bunaqa voqealar bo'lib turadi, degandi:) 

Qayd etilgan


Ansora  02 Sentyabr 2009, 17:39:35

Yana bir kun parohod bilan Yevropa tarafga o'yatotgandim. Sohilga yaqinlashib, kema to'htay deb turgandi. Birdan ko'zim oldinlarda ko'zi ojiz kishiga tushdi. To'lqinlardan kema chayqalgani uchun hassali odam, muvozanatini yo'qotib, u ham chayqala boshladi. Men darrov u kishining qo'lidan tutdim. Ko'zi ojiz odam esa, rahmat, uzr sizni ham bezovta qildim, dedi. Men esa, nimalar deyabsiz, dedim bizni vazifamiz, deb javob berdim. Hullas kemadan tushdik, amakidan qaysi tarafga ketasiz, deb so'radim. Yo'llarimiz bir yergacha ayni tarafga ekanligini aytgandan keyin u  kishi bilan barobar yura boshladik. Yo'lda suhbat etar ekanmiz, qayerda o'qishimni, qayerlik ekanligimni so'radi. Menga katta rahmat aytdi. O'zbeklar qardoshlarimiz, dedi. Yo'lingizni qanday topasiz, deb so'ragandim 20 yildan beri bu yo'llardan kelib ketaman, chunki bu yerda ishlayman, dedi. U kishi bilan yo'llarimiz ayrilishida esa, menga kart vizitini berdi. Bizga ishingiz tushgulik qilmasin, lekin biron vazifa bo'lsa marhamat, dedi. Hayr, dedi, burilib yo'liga davom etdi. Kart vizitga qaradim. Ko'zi ojiz odam, advokat va o'ziga oid advokatlik hizmatlari burosi bor ekan...Haa dedim, bazan to'rt muchchamiz sog' bo'la turib, o'qishda, ishda tamballik qilamiz. O'sha kuni hayotimda O'rnak olishimiz kerak bo'lgan insonlardan birini uchratgan edim.



Qayd etilgan


Afruza  03 Sentyabr 2009, 08:03:40

bo'ldi siyosatni yig'ishtiramiz endi...
qani oshdan olinglarchi...(o'zim pishirgan ovqatlar--choy) :)





Bu deyman ChehMik Forum qizlarini osh bilan rosa siylabdilarmi diyman? Rezultat yomonmas :7


oshda ko'rinmadiz :)....



Etishgan ekan "Aytilmagan joyga borma, aytilga joydan qolma" deb

Qayd etilgan


siddiqa  03 Sentyabr 2009, 08:10:57

bo'ldi siyosatni yig'ishtiramiz endi...
qani oshdan olinglarchi...(o'zim pishirgan ovqatlar--choy) :)





Bu deyman ChehMik Forum qizlarini osh bilan rosa siylabdilarmi diyman? Rezultat yomonmas :7


oshda ko'rinmadiz :)....



Etishgan ekan "Aytilmagan joyga borma, aytilga joydan qolma" deb
 

hey Afruza haliyam o'qishga bormiy o'tirishingni qara :o :o :o :o :o
unversitet fontani kutib qoldikuuuuu ;)

Qayd etilgan


Ziyovuddin  03 Sentyabr 2009, 11:24:15

bo'ldi siyosatni yig'ishtiramiz endi...
qani oshdan olinglarchi...(o'zim pishirgan ovqatlar--choy) :)





Bu deyman ChehMik Forum qizlarini osh bilan rosa siylabdilarmi diyman? Rezultat yomonmas :7


oshda ko'rinmadiz :)....



Etishgan ekan "Aytilmagan joyga borma, aytilga joydan qolma" deb
Man sanga go'shmanmi dimabsizde  :D

Qayd etilgan


siddiqa  04 Sentyabr 2009, 05:09:55

Iqtibos
hey Afruza haliyam o'qishga bormiy o'tirishingni qara
unversitet fontani kutib qoldikuuuuu

nahotki o'sha fontan ishlayotgan bo'lsa? lekin hecham sog'inmabman universitetni.bilmadim nimaga...hechqaysi domlani sog'inmabman...Gazziyevadan boshqa :) man 2-3 marta kirganman darslariga, o'shanda bildimki hamma yomon ko'radigan odam--yaxshi odam bo'larkan :)

o'ziz nimaga darsga bormay o'tiribsiz? ostanovkadagi "Toshbaqa-Net"  kafe ishlayaptimi haliyam??/

doim bo'lmasa ham tez-tez fakultetni eshigiga yopishtiriladigan "tashakkurnoma" ga nomimiz birinchilar qatori chiqib turardi...

shu.universitetdan faqat shu xotiralar qopti  :(  ha yana yotoqxonayam

 :as:

hali u fontan ishlashi ham mumkinmi  :10 :10  yo'g'eeeeeeeeee

unversitetda yangililar ko'p yangi oshhonayam 2 yil deganda hudo hohlasa bitib qoldi .

gaziyeva bilan anchayin talabalani yahshi va yomon hotiralari bor ekan,to'g'risi shu ustozni ko'rmaganman ...............rostaaan .

3 yildan beri unversitet orzusidagi bitta litseydoshimiz o'qishga va nihoyat kirdi ,1 chi kun judayam hayajonlanib o'qishga boribdi .1chi kundan biiiiiiiiiiiiiir qop muommolar bn kelibdi aytishicha ;) ;) ;)unversitetga kirganida unga boshqa kursdoshlar rahmatli hojiboy Tojiboyevning gapini aytdik ........



bahtli bo'ling
battar bo'ling
 :4 :4 :4

kecha yana o'qish boshlandiyuuuuuuuuuuu ammo lekin biroq tiqilinch avtobus  :4 :4 :4 :4 bir qancha yechimsiz muommolar ..... ???


Qayd etilgan


Kumush  05 Sentyabr 2009, 18:11:35

          ЗАА  БИЛАА ХААЖАА 

«Ҳамма нарса меникидир»,— деди зар;
«Ҳамма нарса меники»,— деди ханжар.
Зар дедики:— «Барин сотиб оламан»;
Ханжар деди:— «Барин тортиб оламан»

Уф бу квадратлардан качон кутуламиз скан а? Бечора узбек ёзуви ??? Олдин арабча, кейин лотинча, кейин крилча, кейин сна лотинча... Жинни булиб колиш хеч гапмас. А­нди шу ёзувда дунё тургунча турсинда ишкилиб. :(

Qayd etilgan


Huseyn  05 Sentyabr 2009, 19:57:27

Анча аввал олдин чекка бир туманнинг маъмурий биноларидан бирига кириб қолгандим. Қарасам, сшикка катта қилиб қуйидагиларни ёзиб қсйишган скан.
Икки қсшни талашар - "Ер меники, йсқ, меники!"
Ер сса жим кузатар -  "Иккаланг ҳам меники!"

Кейин билсам ер талашиб келадиган фуқароларнинг мурожатларидан безган рахбарлардан бири шу ссзларни қаердандир ксчириб ёзиб қсйган скан. Адашмасам, кадастр биносига кирган бслсам керак сшанда. Чекка бир туманда бу қадар донолик ва топқирликни кутмаганим учун сзимдан услдим.

Qayd etilgan


siddiqa  06 Sentyabr 2009, 14:00:40

Анча аввал олдин чекка бир туманнинг маъмурий биноларидан бирига кириб қолгандим. Қарасам, сшикка катта қилиб қуйидагиларни ёзиб қсйишган скан.
Икки қсшни талашар - "Ер меники, йсқ, меники!"
Ер сса жим кузатар -  "Иккаланг ҳам меники!"

Кейин билсам ер талашиб келадиган фуқароларнинг мурожатларидан безган рахбарлардан бири шу ссзларни қаердандир ксчириб ёзиб қсйган скан. Адашмасам, кадастр биносига кирган бслсам керак сшанда. Чекка бир туманда бу қадар донолик ва топқирликни кутмаганим учун сзимдан услдим.

o'sha talashilayotgan yer ularga judaham keng huddi uni olmasa hech joyga sig'maydigandek ,lekin berbiram 1 kun bir qarich joyga sig'ishini bilisharmikin . ??? :o ???

Qayd etilgan