FASL
Tilovatdagi olti odobi botiniy bayonida
Bilgilki, tilovatning botiniy odobi oltitadur:
Avvalg‘i odob ulki, Qur’onning azimati va ulug‘ligini bilgay, Xudo azza va jallaning kalomi qadimiydur. Haq taoloning sifatidurki, vojibul vujudida qoyimdur. Onchakim bu qorilar zabonida joriydur, huruf va kalimotdurki, kalomi nafsi (Allohni so‘zi) qadimning lafzi mislliqdur. Chunonchi, otashin lafzni til birla aytmoq osondur. Ammo otashni hech kim qo‘lida tutmoqqa va tiliga kelturmoqg‘a toqat qilolmas. Munga o‘xshash, kalomulloh oyatlari maoniy qadimlarini xURUflar libosidin mujarrad (xoli) qilib, oshkora qilsa, yetti osmonu zamin oning tajalliysiga toqat kelturolmas. Chunonchi, Haq taolo kalsmi majidida xabar berur:
«Lav anzalno hazal Kur’ona ala jabalin va laraaytahu xoshi’am mutasaddiam min xashyatilloh».
«Agar biz ushbu Qur’onni biron tog‘ga nozil qilganimizda, albatta siz u (tog‘)ni Ollohning qo‘rquvidan egilib yorilib «etgan xolida ko‘rgan bo‘lur edingiz». (Alouddin Mansur tarjimasi). (Hashr, 21).
Va lekin Qur’onning jaloli va azimatini xuruflar libosi ichida pinhon qilib, arab tili pardasidan o‘zga nimarsalar birla odamlarga yetkurmoq mumkin emasdur. Bilgilki, ovozi hurufning ulug‘ xosiyaglari bordur. Andog‘ki, hayvonotni haydamay adab o‘rgatmak va xizmatga solmoq harf va ovozsiz bo‘lmas. Va odamlar so‘zini hayvonot fahm qilmoqg‘a toqat keltira olmas. Nochor hayvonot ovozlariga yaqin huruf va suratni ta’yin qilib, toki hayvonotni bu ovoz birla ogoh qilib, xizmatga solib va farmon tuttirg‘aylar. Masalan, ho‘kuzg‘a ovozlar qilsa, u qo‘shni tortib, yerni yumshatur.Ammo zaminni yumshatmoqning hukmini bilmaskim, zaminni yumshatmoqdan maqsud budurki, suv, havo, tufroq birla alishib ziroat qilmoqg‘a visola bo‘lg‘ay. Bas, munga o‘xshash, ba’zi odamlarga Qur’on o‘qimoqdan ovozi zohir va.ma’nii zohirdan ziyoda nasiba bo‘lmas. Ba’zilar gumon qilibdurlarki, Qur’on huruf va savt (ovoz)dur. Bu tariqa aqida qilmoq g‘oyat jaholat va aqidaning nihoyati sustlig‘idur. Ul kishining holiga o‘xsharki, otashni bilurki, harflari alif va to va shindur. Ammo muni bilmaskim, otashni qog‘oz uzrasiga qo‘ysa kuydurur. Toqat keltiraolmas. Ammo otash lafzini qog‘ozga bitmak birla hech zarar bo‘lmas. Chunonchi xar badanning ruhi bordur. Bas, Kalomullohning huruflari badanga o‘xshashdur. Bas, har badanning sharofati ruhning sababidandur. Va oyati Qur’onning huruf va kalimati va sharofati ham ma’noiyi qadimiy, ya’ni Ruhdur. Bilgilki, Kalomullohning hamma haqiqatini bu kitobda zikr , qilmoq mumkin ermas.