73/51. Abu Dovud aytdilar: «Sho‘‘ba menga: «Jarir ibn Hozimning huzuriga borgin-da, «Hasan ibn Umoradan hadis rivoyat qilish senga halol emas ekan», deb aytgin. Chunki Hasan yolg‘on so‘zlaydi», deganlarida, men Sho‘‘baga: «Nima uchun?» desam, u zot: «U Hakamdan, deb asli yo‘q hadislarni rivoyat qilib, gapirib yuribdi», dedilar. Men: «U gapirayotgan narsa nima haqida?» desam, u zot: «Hakamga «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhud g‘azotida o‘lganlarga janoza namozi o‘qiganlarmi?» deb aytgandim, u: «O’qimaganlar», dedi. Vaholanki, Hasan ibn Umora Hakamdan, u Muqsimdan, u Ibn Abbosdan, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan qilgan rivoyatda aytilishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Uhuddagi mayyitlarga janoza namozi o‘qib dafn qilganlar. Men Hakamga: «Zinodan tug‘ilgan bolalar haqida nima deysan?» deb aytgan edim, u: «Janoza o‘qiladi», deb aytdi. Men: «Kimdan rivoyat qilingan?» desam, u: «Hasan Basriydan», dedi. Vaholanki, bu hadisni Hasan ibn Umora Hakamdan, u esa Yahyo ibn Jazzordan, u esa Alidan rivoyat qilgan», dedilar».