Feruzabegim:
Assalomu alaykum.
Hayot tashvishlari bilan bo'lib bolaligimizning so'nggi kunlari yaqinlashayotganligini sezmabmiz-ku, sinfdosh? Sen bilan bir partada o'tirib, urushib, yana yarashib o'tkazgan o'sha maktab kunlari tugayotganini anglashga vaqt ham topa olmabmiz, ey sinfdosh. Bilaman, bugun bosib o'tgan yo'lingga qarab, har bir kunni, har bir lahzani qaytadan eslayapsan. Eslayapsanu, nahotki darrov katta bo'ldim degan savolga javob izlash bilan ovorasan. Esingdami, sinfdosh, darsga kech qolib o'qituvchimizdan gap eshitganlarimiz, darslarimizni qilmay, bir birimizdan ko'chirganlarimiz, darsdan qochib, kinoga borganlarimiz? Barchasini hozir eslayotgandirsan-a, sinfdosh?
Bugun hammasi ko'z oldingdan birin ketin o'tib bormoqda.
Shunchalar yomon ko'rib, bir daqiqa kechroq chalinsang bo'lmasmidi degan o'sha qo'ng'iroq sadolari endi bizga armon. Bugun u so'nggi bor sen va men uchun bir umrga eslagulik bo'lib chalinadi. Shularni xayolingdan o'tkazayapsan-u, vujuding titrayotganini sezasan.
Bugun 11 yil orziqib kutgan kunimiz keldi. 11 yil-a? Vaqt shunchalar tez o'tarkanki, buni hatto sezmabmiz ham. Mana shu 11 yil ichida sen bilan nimalarni ko'rmadik, sinfdosh? Sen mening eng yaqin insonimga aylanding shu vaqt mobaynida. Endi esa, qaldirg'ochlarga o'xshab turli tomonlarga uchib ketayapmiz.
Mayli bugungi chalinadigan qo'ng'iroq biz uchun maktabdagi eng so'nggi qo'ng'rioq bo'lsin, mayli u bolaligimizga "alvido" desin, lekin sen bilan menga, bizning do'stligimizga xayr deya olmaydi, ha? Ushbu qo'ng'iroq chalinsada, sen bilan men yana o'sha qadrdon do'st, bir birimiz suyanguvchi ustun, va eng yaqin sirdosh bo'lib qolaveramiz-a? Albatta shunday bo'lib qolaveradi!
Yangi hayot ostonasida senga faqat sabr toqat, va matonat tilayman. Yo'ling har doim ochiq, yuzing yorug' bo'lsin!
Ilohim, parvozing bexatar bo'lsing, ey mening sinfdoshim!