Assalomu alaykum!
Barchamizga qutlug' oy muborak bo'lsin!
Alhamdulillah, kechadan butun islom olamida xatmi Qur'onlar boshlandi. Yurtimizning juda ko'p masjidlari, xonadonlari qatori, forumimizda ham Allohning kalomini xatm etishdek ulug' ishni boshlab oldik.
Alloh oxirigacha barakotlik qilsin!
Bugun bir forumdoshimiz o'zlariga berilgan ikki ju'zni xatm qilganliklari haqida xabar qildilar. Alloh rozi bo'lsin., O'zi maqbul etsin!
Birinchi o'n kunlik uchun 8 ta juz bo'sh. Siz ham ushbu muborak kalomning xatmonasida ishtirok eting!