Bu she'r hammaga bir ibrat bo'ladi, bazi ota-onalar uchun esa juda yaxshi narsa bo'lsa kerak.
Bazigi Ota-onalar o'zlarini Farzandlariga Islomdini va Haqiqat Dini dan to'sishyapti.
Hayrulla aka esa ularga ibratli she'r yozgan ekan, man uni sizlarga ham taqdim etmoqchiman!!!
Qizlarini O'g'ilarini to'sib yotgana Ota-onalar uchun!
Qizlaringizni!..
Yumib dindan tamom ko’zlaringizni,
Nahot is bosibdir yuzlaringizni.
Haqqingiz yo’q aslo ota-onalar!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Dindan so’z ochilsa ko’zlaringiz lo’q,
Go’yo u dunyodan ko’ngil tamom to’q.
Insof qiling endi o’zingizda yo’q,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ro’molda kulsa gar kula olingiz,
Loaqal dinidan to’la olingiz,
Hijobiga hijob bo’la olingiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Shkur qiling gaplar otmayapti-ku,
Gunohlar qariga botmayapti-ku,
Ko’chada tanasin sotmayapti-ku,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Islom deganida yuraklar yumshab,
Qachon tura olasiz chaponni to’shab?!
Bechora jin chalgan telbaga o’hshab,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Shunda yo’qlik sari ravo bo’lmaysiz,
Behayo qizlarga momo bo’lmaysiz,
Johil avlodlarga bobo bo’lmaysiz,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Oy so’lg’in nigohin o’pib turadi,
Malaklar xizmatda chopib turadi,
Ro’moli dinini yopiq turadi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Hursand bo’lmaysizmi hilm istasa?!
Nafsingiz buncha ham zulm istasa?!
Boshingiz egilsin ilm istasa!...
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ikki dunyoda ham g’ov bo’lib yurmas,
Ilohiy amrga yov bo’lib yurmas,
Hamma nigohlarga ov bo’lib yurmas,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Vaxshiy tuyg’ulardan asrab avaylang!
Qalbiga ilohiy amrni joylang!
Musulmonsiz ahir, iltifot aylang!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Uchramas folbin-u ham kinnalarga,
Qalbini itarmas cho’g’ o’rnalarga,
Yo taqlid qilsinmi, Madonnalarga?!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Sizga suyaniblar turgisi kelar,
Asri saodatni ko’rgisi kelar,
Fotimaga o’hshab yurgisi kelar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Atrofga bir boqing fahshiy og’izlar,
Erkaklardan battar shaddoda qizlar,
Yalang’och dunyoga yetar be xislar,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Tosh ham xayron qolgan murg’ak boshimi,
Toboro ezmoqda tana bosimi,
Erlarga buyursin erkakning shimi,
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Avlodlar dastidan ohlamaysizmi?!
Zolimlar yetishsa choxlamaysizmi?!
Buxoriy chiqishin hohlamaysizmi?!
Din yo’lidan to’smang qizlaingizni!!!
Eski jaholatni dildan o’piring!
Muqaddas tuyg’udan endi shopiring!
Sobiq sho’rolarning tusin tupuring!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ko’p ham zulm bermang bu ko’cha tordir!
Alarming duosi maqbulu yordir!
Ojizalarning ham Robbisi bordir!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Ohirgi ulushim din ilhomidin,
Oliblar tugatgum ko’ngil shomidan,
Tik turib so’rayman ummat nomidan!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Din yo’lidan to’smang qizlaringizni!!!
Qaytarib oling bad so’zlaringizni!
Qiyomat kunida rasvo holatda,
Ko’rmayin desangiz yuzlaringizni!!!
Xayrulla Hamidov
Alloh hammamizga hidoyat bersin! Amiyn!