Bugungi kun mulohazalari  ( 1485037 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 182 183 184 185 186 187 188 189 190 191 192 ... 296 B


Ansora  06 Sentyabr 2011, 19:22:25

Assalomu alaykum, aziz forumdoshlar. Eson omonmisiz, qo'shaloq bayramni yaxshi o'tkazib oldinglarmi? Biz judayam yaxshi o'tkazdik, alhamdulillah. Ozgina oldin tarjimamni ham tugatdim, shukr. Tarjimam tugasa keyin forumga kiraman, degandim:)

Qayd etilgan


Habib  07 Sentyabr 2011, 09:55:22

   Institut yo`l yuzida joylashmagani uchun eng qisqa yo`llardan biri - hiyobonni kesib o`tishimga to`g`ri keladi. Endi u hiyobon... Nima desam ekan, xullas nima ko`p - daraxt ko`p, nima ko`p - pana joy ko`p deganlaridek... Ko`rgan manzaralaringdan ba'zan kulging, ba'zan yig`laging keladi. Bugun institutdan chiqib ishga shoshib ketyapman-u, daraxt panasida quchoqlashib turgan juftlikka beihtiyor ko`zim tushib telefon ushlab raqam terishni boshlagan qo`llarim qaltirab telefon tushib ketay dedi... E voh, barzangiday yigitning bo`yniga chirmashgan qiz hijoblik edi...
"Nega? Nega?!" ulardan uzoqlasharkanman qalbim unsiz faryod chekdi...
Ahir... U qizning vujudini o`rab turgan libos - shunchaki mato emasku? Uni kiygach o`zining ado etilishi lozim bo`lgan farzlari, cheklovlari yo`qmi?
Oqning qora deyilishiga sabab bo`layotgan, butun bog`ga "yomon" nomini olib kelayotgan "bemaza meva"lar aslida shular emasmi?.. Men hijobda emasman, biroq hijoblik opa-singillarning yuziga dog` bo`layotgan bunday ro`molli shayton malaklaridan nafratlanib ketdim...
Kimlarningdir quchog`ida xilpirayotgan ro`mollar ohiratda besh kunlik sinov dunyoda qilgan gunoxlariga guvohlik qilmasmikin?
Odamlar ko`zidan pana qilayotgan daraxtlar - Allohning nigohidan pana qila olmasligini bilmasmikin?
Nodon, nodon...



Bu holva-ku. Men aroq ichgan xijobli ayolni ko'rganman!
Юқорида ёзилган фикрлар рост, аммо қсрқамизки, бир-иккита шундай хунук ҳолталарни деб ҳижобли хотин-қизлар ҳақида бошқаларнинг фикрлари "улар ана шундай скан, мана шундай скан" бслиб қолмасин!
Зеро ҳижоб-ҳаё белгиси.
А асулуллоҳ солаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар: "Ҳар бир дин сзига хос хусусистга сга. Исломнинг сзига хос хусусисти сса ҳаёдир".
Оиша р.а. ҳикос қиладилар: "А асулуллоҳ с.а.в. ва отам дафн қилинган уйга - даҳмага кирганимда бу ерда сз отам ва срим бор, деган сй билан устимдаги ёпинчиқни олиб қсср сдим. Кейинроқ даҳмага Умар р.а. ксмилгач, ундан ҳаё қилиб ёпинчиққа сранган ҳолда кирадиган бслдим".

Дуо қилайлик, барчамизга имон, инсоф берсин. Аёлларимиз Оиша р.а. онамиз каби ҳаёли бслишсин! А­р-йигитларимиз ҳам зинодан ҳазар қиладиган инсон бслишсин!

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2011, 11:13:32

   Institut yo`l yuzida joylashmagani uchun eng qisqa yo`llardan biri - hiyobonni kesib o`tishimga to`g`ri keladi. Endi u hiyobon... Nima desam ekan, xullas nima ko`p - daraxt ko`p, nima ko`p - pana joy ko`p deganlaridek... Ko`rgan manzaralaringdan ba'zan kulging, ba'zan yig`laging keladi. Bugun institutdan chiqib ishga shoshib ketyapman-u, daraxt panasida quchoqlashib turgan juftlikka beihtiyor ko`zim tushib telefon ushlab raqam terishni boshlagan qo`llarim qaltirab telefon tushib ketay dedi... E voh, barzangiday yigitning bo`yniga chirmashgan qiz hijoblik edi...
"Nega? Nega?!" ulardan uzoqlasharkanman qalbim unsiz faryod chekdi...
Ahir... U qizning vujudini o`rab turgan libos - shunchaki mato emasku? Uni kiygach o`zining ado etilishi lozim bo`lgan farzlari, cheklovlari yo`qmi?
Oqning qora deyilishiga sabab bo`layotgan, butun bog`ga "yomon" nomini olib kelayotgan "bemaza meva"lar aslida shular emasmi?.. Men hijobda emasman, biroq hijoblik opa-singillarning yuziga dog` bo`layotgan bunday ro`molli shayton malaklaridan nafratlanib ketdim...
Kimlarningdir quchog`ida xilpirayotgan ro`mollar ohiratda besh kunlik sinov dunyoda qilgan gunoxlariga guvohlik qilmasmikin?
Odamlar ko`zidan pana qilayotgan daraxtlar - Allohning nigohidan pana qila olmasligini bilmasmikin?
Nodon, nodon...



Assalomu alaykum. Bu masala meni ham doimo o'ylantirib, siqib kelgan. Ayol kishi, qizlar uchun bekorga "zaifa" deyilmagan. Qiz bola hali turmushga chiqmasdan oldin butun yurgan turganidan ota-onasi, turmushga chiqqandan keyin esa ho'jayini (ho'jayin!) mas'ul bo'ladi, ayniqsa bizni O'zbekchiligimizda.
Agar hijobli ayol butun diqqat e'tiborni o'ziga tortadigan darajada kiyingan bo'lsa men shaxsan erini aybdor, deb bilaman. Chunki ayoli - uni nomusi ku! Nahotki hijobsiz ayollardan ham ko'p diqqat tortib, insonlarni gunohga chorlaydigan ayolni yonimda- "ayolim" deb olib yursa!
Men ham o'rangandan keyin hijobni masuliyatini yana ham ham yaxshiroq tushundim. Insonmiz, nafsimiz bor, har xil kiyim kiyging keladi, shunday paytda ho'jayinim ogohlantirib turdilar.
Kuni kecha parkda bir o'rangan ayol skameykalardan birida o'tirgandi, uzoqdan qizi bilan eri kelayotgandi. Ayol ularni ko'rib o'rnidan bir turgandi, ne ko'z bilan ko'rayki, yubkasi tizzasini ustida...Yana yengil shamolda yubka janavar tepaga tirmanadi:( ayol yubkasini pastga tortib tortib uzoqlashdi, hamma unga qarardi...

Men esa darrov eriga qaradim, uni aybladim. Qanday erki, uyidan bu holatda chiqishiga ruhsat beribdi. O'ranmagan bo'lsa balki hech kimni diqqatini tortmasmidi...

Alloh hijobni haqqini berishni nasib etsin iloyim butun o'raganlarga, jumladan menga ham.

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2011, 13:53:53

Bugun judayam zo'r xabar oldik, Qaynim boshqa, 10 soat uzoqdagi shaharda ishlardilar. Ankaraga tayinlarini kutayotgandik. Qaynonam bechora 5 yildan beri ikkiga bo'linib, kecha kunduz o'g'illarini o'ylab, yeganlari ham ichlariga tushmay yurgandilar. Mana sabrni tagi sariq oltin, deganlariday ohirida Ankaraga tayinlari chiqibdi, alhamdulillah. Bu xabarni men berdim ularga, qaynonamdan bir dunyo duo oldim:)
Doimo aytamanku, UMIDİNGIZNİ YO'QOTMANG!!!

Qayd etilgan


Best friend  07 Sentyabr 2011, 21:18:11

"Boshqa rangdagi matolardan ko'ra, oq matoga tushgan dog' tez ko'zga tashlanadi" degan mazmunda vasiyat qilganda bir inson vafotidan oldin.

Qayd etilgan


Rabella  07 Sentyabr 2011, 22:37:22

Shunchaki ro`mol o`ragan bilan "hijobli" deb atalib qolmaydi-da...((
Hijobning o`ziga yarasha shartlari bor , ana shu shartlarga to`liq javob bersagina uni hijob deb atashimiz mumkin...
Bizda esa, ro`mol o`raganni hijobli deyish odat tusiga kirgan holbuki hozirgi ro`mol o`rab "hijobliman" deb da'vo qilayotgan qizlarimizning tashqi ko`rinishlari oddiy qizlardan ko`ra ko`proq ko`zga tashlanadigan, o`ta yorqin ranglar bilan o`ziga tortadigan holatda..
Va yana bunday "hijobli"lar uchun keng imkoniyatlar yaratilgan bo`lib bozorlarimiz chet eldan keltirilgan eng tor kiyimlar, eng yorqin rangdagi ro`mollar va o`sha ro`mollarni yanada ko`zga tashlanadigan qilish uchun taqiladigan toshlar bilan to`lib toshgan...

Og`riqli mavzu.. Doim meni savol qiynaydi.. Nega.. Nega.. Nega axir..???
Axir shu "hijobli" larning dastidan muslima qizlarimizga kelib tegayotgan kamon o`qlari og`ir botmaydimi...
Darsiga kirgizmayotgan o`qituvchi ro`molimni yecholmayman deyotgan muslimalarga: "Nima endi ro`mol o`rasen oppoq bo`b qolasanmi?" "Haa bilamiz usha hijoblilani, hamma ish o`zi shuladan chiqadi, jiim yurgandan qo`rq diyishgan" kabi ma`lomat so`zlari... Yig`laging keladi ba`zida...

Yuqorida keltirilgan aroq ichgan hijobli ayol-u va yana boshqa holatlarga ham "hijobli" so`zini qo`llashimiz noo`rin!
Chunki hijoblilar ya`ni to`singanlar Allohning buyrug`i ila nafaqat a`zolarini kiyim ila to`sganlar, balki o`zlarini Alloh harom qilgan ishlardan ham to`sgandurlar... Biz esa bu so`zlarimiz bilan haqiqiy hijobli muslimalarimizni yanada botqoq tubiga tushirilishga sababchi  bo`lishimiz mumkin...

Alloh subhanahu va ta`ala barcha muslimalarimizga haqiqiy hijobning shartlariga muvofiq keladigan hijoblanishlikni nasib etsin! Amin!

Qayd etilgan


Муслимшухрат  08 Sentyabr 2011, 06:44:08

Bu ham krest taqib yuruchi ablahlarni islomga qarshi ishi bolishi mumkin.

Qayd etilgan


Donishmand  08 Sentyabr 2011, 15:22:48

Bugun hijobni kimdir taqvo uchun kiyayapti, kimdir kibr uchun, kimdir chiroy, kimdir niqob uchun! Jazo Ollohniki! Uni kiyib kibrlanganlar hor bo'lar bir kun, chiroy uchun kiyganlarning asli ham ko'rinadi, niqob ham yechilar... Nasib qilsa, bir kun hidoyat toparlar, umid qilamiz! Bu yerda qanchalik ular haqida yozmaylik buni o'qib hulosa chiqaradilar deb o'ylamayman. 
Taqvodor, mo'mina opa-singillarimizni Olloh qalblaridagi niyatlariga yetkazsin!

Qayd etilgan


Harika  08 Sentyabr 2011, 15:38:49

As.aleykum. Doimiy Forum foydalanuvchilari sizlardan iltimos javob bersangiz bu Forumdan to'liq foydalanishni qanday tez o'rganishim mumkin?   Buning un balki alohida bo'limlar bordir?

Qayd etilgan


Mirоlim  08 Sentyabr 2011, 16:10:52

:asl3:

Ikki birodarimizni suhbatidan:

- E bu odamlar yomon bo'p ketipti...

- Nima sen hayvonmisan?

- Yo'q, nega unaqa deyapsiz?!

- Ha unda "O'zimiz yomon bo'p ketyappiz" deb gapirda uka...

Qayd etilgan