"Tarhana" sho'rvasining tolqoni- qadam baqadam.  ( 4512 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Ansora  02 Oktyabr 2012, 19:42:42

 :asl3:

Bu yil Tarhana so'rvamizni tolqonini qaynonam bilan birga tayyorlab, qadam baqadam rasmga olmoqchi edim, lekin nasib bo'lmadi. Balki keyingi safarga nasib bo'lar...

Shu kunlarda Johida opa, xuddi meni eshitganday qadam baqadam Tarhana sho'rvasini tayyorlanishini yozibdilar, Alloh rozi bo'lsin.

Tarhananing tayyor bo'lgandan keyingi ko'rinishi:



Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2012, 19:43:04

Tarhana shorvasi uchun kerakli masalliqlar:

Qizil bulg'ori- 2 kg
Yirik piyoz- 7 dona
Pomidor- 4 dona
Suzma qatiq- 1 kg
No'xat-1kg (no'xatni 1 kun oldindan ivitib qo'ying)
Yalpiz- 1 bog'
Tuz, 0,5 qoshiq droja


Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2012, 19:43:40



Rasmdagi navbatday butun masalliqlar ustma-ust qozonga solinadi. Turkiyada Tarhana oti, degan ot bor ekan, Johida opa shundan ishlatibdilar, lekin yoq bolsa yalpiz ishlatsangiz ham bolarkan.

Bu masalliqlarni pishirish uchun katta qozon tanlang. Butun masalliqlar ustma-ust qoyilgandan keyin qozonga 3/1 stakan suv quyiladi. 2 soat past olovda pishiriladi yoki skorovarka-dimlama qozonda 30 daqiqa pishirib olinadi.

Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2012, 19:44:06

Masalliqlar pishgandan keyin ilishini kuting. Tagiga chokkan suvini alohida idishga suzib oling. Bu suvni shorvalarda ishlatishingiz mumkin ekan. Ortiqcha suvning suzib olinishiga sabab- kop un yemasligi va rangining qip-qizil bolishi ekan. Ham bu holda Tarhana yana da xushboy hidga ega bolarkan.

Suvi suzilgan sabzavotlarni blenderda mayinlashitirib, ezib oling. Pyure holiga kelgandan keyin keng idishga soling. Tuzini soling. Drojaga kelsak, agar havo issiq bolsa aslida ishlatmasangiz ham bolarkan. Johida opa yashagan joyda havolar aynib turgani uchun droja ishlatibdilar. 1 kg suzmani soling.
Unni oz-ozdan solib, yumshoq xamir qoring. Ustini yopib, 1 kun (24 soat) ustini ochmang.

Shishgan xamirni orada bir mushtlab, yana 2 kun kuting. Xamir achishi shart- Tarhananing mazasi shunday hosil boladi.


Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2012, 19:44:24

Oradan 2 kun otgach, yumshoq, achigan xamirni paxtali materyalga tokib, orang. Ertasi kungacha shunday tursin. Ertasi kuni, quyosh tushadigan joyga materyal soling va Tarhana xamirini toking.
Ust qismi biroz qurigandan keyin, teskarisini ogiring. Narigi tarafi ham qurigandan keyin bu safar biroz qotgan xamirni bolaklarga boling. 2 soatlardan keyin yanada mayda bolaklarga boling.


Qayd etilgan


Ansora  02 Oktyabr 2012, 19:44:46

Eng ohirida, bir qismi quruq, bir qismi biroz namli qolgan Tarhana xamir bolaklarini oz-ozdan robottan otkazib maydalab oling. Xamir bolaklarini yaxshi qurishi muhim, chunki siz maydalayman, deganingizda qaytadan xamir holiga kelishi mumkin. Shuning uchun yaxshi quriting. Lekin juda quritsangiz ham xamir bolaklari maydalanmasligi mumkin, buning esa yoli oson, ichiga 1-2 qoshiq sovuq suv qoshib, maydalashingiz mumkin.
Robotta maydalab olgandan keyin elang. Yuqorida qolgan yirik bolaklarni takror maydalang. Butun bolaklarni shu zaylda maydalagandan keyin keng idish yoki bezga toking.

Quyosh tushadigan joyda 1 kun  yoyib qoying, bu Tarhana shorvasi tolqonining kokarmasligi uchun judayam muhim!

Judayam quyoshli havolarda eda tolqonni salqin joyda quriting, chunki judayam quyosh joyda tolqon oqarishi mumkin!


Qurigan Tarhana shorvasi tolqonini shisha idishlarda yoki paxta bez torvalarda- salqin joyda saqlang.

Osh bolsin:)


Qayd etilgan