439-FATVO
Oyat va hadislarga ko‘ra, sehr-jodu qadimdan bor narsa. Uni yomon niyatda o‘rganish, o‘rgatish va shug‘ullanish, Allohningxohishisiz ham ta’sir etadi, deb e’tiqod qilish kabira gunohlardan hisoblanadi. Mohiyagini bilib olish uchun o‘rganib qo‘yish, odamlarning mushkulini oson qilish maqsadida undan to‘g‘ri foydalanishga Imom Buxoriy, Imom Shofiiy kabi mujtahid olimlar ruxsat berganlar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) yahudiy Labid ibn al-A’sam tomonilan sehrlanganlari to‘g‘risida ulamolar ixtilof qilganlar. Bu xususda qat’iy hukm chiqarilmagani ma’qul.
«Bayon lin-nos», «Tafsiri Roziy»
440-FATVO
Duoxonlik, azoimxonlik, dam solish kabi odatlar qadimdan hamma xalqda mavjud. Bu narsalar ichida shar’an ruxsat etilgan va etilmaganlari bor. Islom ta’limoti bu ishlardan shariatga zidlarini taqiqlagan, mos keladiganlarini aniqlab bergan. Masalan, duoxon yoki azoimxon bemorga yoki boshiga biror tashvish tushgan kishiga oyatlardan o‘qib, dam solsa, hadislarda kelgan duolardan o‘qib, shifo tilasa, joiz, balki, sunnat. Ammo kufrona so‘zlar, ma’nosiz to‘qima duolar o‘qib dam solish taqiqlanadi. Ibn Hajar al-Asqaloniy so‘ziga ko‘ra, ulamolar ijmo’ qilganlarki, dam solishning uch sharti bor:
1. Allohning kalomidan, ism va sifatlaridan o‘qish;
2. Arab tilida yoki boshqa tilda bo‘lsa ham ma’nosi shar’iy bo‘lishi;
3. Duo va dam solish mustaqil ravishda ta’sir qilmasligi, balki, Allohning izni va taqdiri bilan ta’sir qiladi, deb e’tiqod qilish.
«Bayon lin-nos»