Hozirgina
mana bu mavzuda Ulug'bek Hamdamning
МУСУЛМОА degan hikoyasini o'qib chiqdim. bundan 4 yil oldin shu yozuvchining "Muvozanat" degan kitobini o'qiganman.
Negadir shu yozuvchi Islom haqida g'arazli fikr bilan yozadi. Yozgan matnidan Islomga qarshi aytarli aks gaplarni topolmaysiz. Lekin butun asarini o'qib chiqsangiz qandaydir musulmonchilikkka, Islomga qarshilik hissi paydo bo'ladi odamda. "Muvozanat"da ham, bu hikoyasida ham taqvodorlik va odamgarchilik bir qolipga sig'maydi deb uqtirmoqchi bo'ladi. Go'yoki iymon qalbda emish, amal esa shart emas, faqat riyo bo'lib qolar emish. Afsus, bugun dinimizdan dars berish shunday chalasavod dinshunos-u, sharqshunos yozuvchilarga qoldimi? Iymon amalsiz hech narsaligini nahotki shu kishilar bilmaydi?
Hikoyadagi holat: Hasan va Husan aka-uka. Islom Universitetida o'qiydi. Qandaydir Arabistondan kelgan Shayx Ahmad Junaydning majlislarida ishtirok etishadi (ayni vaqtda bunday majlislarning borligi absurd). Husan ko'chadagi qushlarga mahliyo. Hasan esa eshitgan va'zlariga. Hikoya oxirida Husan Jumani ham o'qimay masjidning ichida jarohat olgan qariyani kasalxonaga olib ketadi, Hasan esa unga yordamlashmay namozni o'qiydi va Shayxning majlisiga ketadi.
Hikoyada qo'llangan gaplar: — Аамоз бошланиб қолди, Ҳусан! — тоқатсизланди Ҳасан. — Аамоооз!..
— Ҳасан, қара амакини... ҳушини йсқотди...
— Аамоз деспман мен сенга, Ҳусааан! — бақирди Ҳасан, — Иймонингни бой берма!..
— Агар сламан деб ётган шу кишига ҳозир ёрдам бермасам, иймонимни аниқ бой бераман, Ҳасан!.. — овозини кстарди Ҳусан ҳам. — Ўзингни стга, чсққа урганинг билан иймон Аллоҳдан! У берса, бор, бермаса, йсқ скан, тушундингми!..
— Кофир бслма! Юр намозга! Иймонимизни сақлаб қолайлик!..
— Ўзинг кофир бслма! Юр, анави кишининг жонини сақлаб қолайлик!..
— Шайх ҳазратлари айтадики... — ссзлари оғзида қолди Ҳасаннинг.
— Шайх ҳазратларини қсй, Ҳусан, сен сзинг нима дейсан, шуни гапир! Қачон сен Ҳасаннинг гапини айтасан?!.. — бсғилди Ҳусан. — Бировнинг иймони билан сшаш мумкинми?.. Тавба... қараб турсам, сенинг мусулмонлигинг масжиднинг ичидагина бор, дарвоза ҳатлаб ташқарига чиқишинг билан кимлигингни билиб бслмайди, Ҳасан!..
Yana absurd.Tushuntiraman: Namozni o'tqizib yuborgan odam kofir bo'lmaydi, gunohkor bo'ladi. Unga namozning qazosini o'qish vojib bo'ladi.
Anavi kishining jonini saqlab qolmagan kishi ham kofir bo'lmaydi, u ham gunohkor bo'ladi. Ayni vaqtda o'sha odamga yordam berish shu vaziyatda aynan bir kishining zimmasiga farzi ayn, qolganlarga esa farzi kifoya bo'ladi.
Umuman, men masalaning xuddi shunday tarzda qo'yilishiga qarshiman. Avvalo men shunday holat bo'lishini tasavvur qilolmayman. Shu Husan ko'rgan holatni boshqa namozxonlar ko'rmadimi? Tez yordam degan xizmat qayerda yuribdi? Masalani xuddi shu tarzda - odamgarchilik va taqvodorlik bir-biri bilan to'qnashadigan, ikkalasidan faqat birini tanlash shart bo'lgan tarzda qo'yishdan maqsad nima?
Islom haqida yozmoqchi bo'lgan odam oldin yaxshilab Islomni o'rganib olsa yaxshi bo'lardi. Imomning va'zi ham cho'pchak. Abu Talha r.a haqidagi hadis Umar r.a bilan almashtirilgan. Keyingi rivoyat esa tush. Tush - din bo'lmaydi.Xulosa: bunaqa asarlarni iloji bo'lsa o'qimaslik, o'qilganda ham uning zararli ta'siriga tushmaslik kerak. Dinimizni esa yozuvchilardan emas, olimlarimizdan o'rganamiz.