Ko’chim — eng ko’p ishlatiladigan badiiy vositalar jami bo’lib, adabiyotshunoslik fanida metafora atamasi bilan ham yuritiladi.Ko’chimning majoz, istiora, ramz, timsol singari ko’rinishlari bor.
Kinoya (bir fikrni yashirin ma’noda ifoda etmoq) — bayon ilmida uni "œham haqiqat, ham majoz ma’nosi anglashiladigan so’z" — deb izohlanadi.U inkorning bir ko’rinishi bo’lib, tasvir ob’ekti ustidan kesatish, qochiriq yo’li bilan yashirin kulish,piching.
Misol: Menga yolg’iz Omonimni qo’y,
Menga o’sha yomonimni qo’y.
U kam emas hech bir odamdan,
Men ul bilan uzoqman g’amdan (H.Olimjon)
Bunda "œOmonim - yomonim" qofiyadosh soz’lar orqali kuchli —o’tkir kinoya usuli qo’llangan.
Litota (tafrit, ifroq) — tasvir ob’ektini ataylab kichraytirib,zaiflashtirib tasvirlash usuli, ya’ni behad kichraytirilgan mubolag’adir.Ijodkor uyg’un narsa yoki hodisaning ahamiyatini ta’kidlab, bo’rttirib ko’rsatish maqsadida boshqa narsa yoki hodisaning uning ulug’vorligi hamda qudratiga nisbatan kichraytirib tasvirlaydi.
Misol: Bo’yung sarvu sanubardek,beling qil,
Vafo qilg’on kishilarg’a vafo qil. (Xorazmiy)
Bu so’zning mazmuni shu qadar issiq,
Quyosh bir kichik sham uning yonida. (Uyg’un)
Laff va Nashr (yig’ish va yoyish ma’nosini ifodalaydi) — ushbu san’at she’r baytida avval bir necha narsa yoki tushuncha nomini ketma-ket keltirib, keyin ular haqidagi hukmlarni ketma-ket bayon qilishni nazarda tutadi.
Misol: Jamoling ravzai bog’i jinondur,
Labing sarchashmai fujhi ravondur.
Soching sunbul, yuzing sarvu sanubar,
Ko’zing nargis,yanog’ing arg’uvondur.
Beling,og’zing so’zi har qayda bo’lsa,
Xayoli noziku ramze nihondur.
Qaysari Rum oy yuzing,mushkin soching xoqoni Chin,
Shahi Hindiston menging,sultoni Turkiston ko’zung.
Garchi ahuyi Xo’tandur bexato bilmon nedin,
Chinu Mochin lolazorinda qilur sayron ko’zung. (Atoiy)
Mubolag’a (lof urish,bo’rttirish) — tasvirlanayotgan narsa,shaxs va voqea-hodisaning muayyan jihatlarini bo’rttirib, kuchaytirib tasvirlash usuli.Sharq klassik she’riyatida mubolag’a san’atiga she’r ziynati sifatida qaraganlar. "œAhsanahu akzabahu" — "œEng yaxshi she’r — eng yolg’on she’r" degan naqlga amal qilganlar.
Mubolag’a quyidagi turlarga bo’linadi:
1.Tablig’ — tasavvur qilish mumkinu, amalga oshirish qiyin bo’lgan bo’rttirilgan tasvir usuli.
Misol: Ey sabo, holim borib sarvi xirmonimga ayt,
Yig’larimning shiddatin gulbargi xandonimga ayt. (A.Navoiy)
2.Ig’roq — tasavvur qilish qiyin,amada mutlaqo bo’lmaydigan bo’rttirilgan tasvir usuli.
Misol: Otlar kishnar,qizlar kuylar, tinmay ishlar dehqonlar,
Quyosh oltin buloqdir, qaynar,toshar"¦Ko’k tiniq. (Oybek)
3.G’uluvv — tasavvur qilish juda qiyin bo’lgan,amalda bo’lishi sira mumkin bo’lmagan bo’rttirilgan tasvir usuli.
Misol: Orazin yopqach ko’zimdin sochilur har lahza yosh,
O’ylakim,paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh. (A.Navoiy)
4.Ifrat (bulug’, ifrot) — orttirmali, haddan ortiq mubolag’a.
Misol: Tikilsam quriydi daryoning gumi,
Na’ra tortsam qular qo’rg’onning timi. ("œAlpomish")
Oh ursa, olamni buzar tovushi,
To’qson molning terisidan kovushi. ("œAlpomish")
Mulamma’ — turli tillarda she’r yozish san’ati.
Misol: Qochib ketdi machchoyilar askari,
Borib shulki yurtiga ta’kidlari:
"œSaroyeki,o’ boshadash,zinhor,
Daronjo marov memuri, ey tabor". (Muqimiy)