Jangnoma asar — tarixiy va afsonaviy shaxslarning sarguzashtlari, vatan ozodligi va mustaqilligi uchun olib borgan jangu jadallarini ko’tarinki ruhda, mubolag’ali hikoya qilib beruvchi epik asar. Jangnomalar, asosan, nasriy, ba’zan nasr va nazm aralashgan shaklda bitilgan. Jangnomalar xalq og’zaki ijodi va yozma adabiyot o’rtaisda turuvchi janr hisoblanadi. O’zbek, fors — tojik xalqlari o’rtasida "œJangnomai Amir Hamza", "œJangnomai Jamshid", "œJangnomai Sayyid Battoli G’oziy", "œAhmad Zamjiy", "œRustami doston" , "œAbu Muslim jangnomasi", "œHushang", "œMusaybnoma", "œShohnomai Turkiy" kabi ma’lum va mashhur jangnomalar keng tarqalgan.
Zarbulmasal (masal orttirmoq, masalni masalga qo’shmoq) — maqol, matal va ramzli hikoya ma’nosini anglatuvchi so’z. Zarbulmasal maqol va matal keltirish ma’nosida ishlatiladi.
Ideal (grekcha, g’oya, tasavvur, tushuncha) — kishi qo’lga kiritishi mumkin bo’lgan biror sohadagi o’sish — rivojlanishining eng yuqori bosqichi, orzu qilingan olijanob narsa va yaxshi niyatlar. Ideal qahramon — kishilarga o’rnak bo’ladigan va ahrakatlari bilan ilg’or adabiyot arboblarining olijanob insoniy ideallarini ifoalash va targ’ib etgan ijobiy obraz