Futbol maqollari
To'pning yugurgani darvozagacha.
Legioner bo'lmaguncha, futbolchi bo'lolmaysan.
Boshingga butsa kelsa ham to'g'ri tep.
Golni gol qiladigan ham hakam, gohida pul qiladigan ham hakam.
Goling halol bo'lsa maydon tashqarisida nishonla.
Darvozabon ko'zini suzmasa, hujumchi gol urmaydi.
Bir futbolchiga ham gol, ham pas kerak.
Hakam bir qo'li bilan hushtakni tebratar, nir qo'li bilan turnir jadvalini.
Bosh omon bo'lsa, gol uriladi.
Futbolchining o'ynagisi kelmasa hakam bilan tortishadi.
Ko'p gap, futbolchiga kartochka.
To'p izidan qaytmaydi, hakam so'zidan.
Gol bo'lmasa darvoza to'rlari qimirlamaydi.
Muxlisli stadion - bozor, muhlissiz stadion - mozor.
Gol urmaganni urgani qursin.
Raqibga achingan chempion bo'lolmaydi.
Taktikaning otini qo'rqoq qo'ymang.
To'p egasini topadi.
Pasni bergin uqqanga, to'xtamay gol suqqanga.
Og’zi qiyshiq bo’lsayam yutgan jamoaning muxlisi gapirsin.
Bo’linganni "œBarselona" yeydi, ayrilganni "œArsenal".
(Variant: Bo’linganni "œBunyodkor" yeydi, ayrilganni "œAndijon")
Bombardir bombardirni ko’rsa oyog’i qichiydi.
Oshirsang uraman, so’ksang turaman.
Bir balosi bo’lmasa maydonda baklashka na qilur?
Bilsa ofsayd, bilmasa gol.
Bir taym ming taymmas.
Bir golni o’n bir kishi bo’lishibdi.
Bir mavsumga jamoa o’lmas, ikkinchi mavsumga homiy chidamas.
Bir hakamning hiylasi qirq majoaga yuk bo’lur.
Bir futbolchi gol ursa, qirq futbolchi tush ko’rar.
Oyog’i og’rimaganning penalty tepishiga qara.
Hakamni yo’qlasang kartochkasi ko’rinadi.
Yopig’liq darvoza yopig’ligicha qolsin.
Ochkoni kuzda sanaydilar.
Karnaychidan bitta "œpuf", referidan bitta "œchuurr". Manba: "Stadion"