Originali manda bor, kitobdan topdim, o'qinglar:
BIZ BAXTLI BO'LAMIZ.
Mayli-da, kimlargadir yoqsa-yoqmasa,
Ularga qo'shilib yig'lasharmidik.
Biz baxtli bo'lamiz, Xudo xohlasa,
Xudo xohlamasa uchrashaemidik.
Rayhon hidlaringni yo'llarimga sep,
Kut meni har oqshom ko'kka oy chiqqan.
Faqat, yig'lamagin, gunohim ne deb,
Aybing-onang seni chiroyli tuqqan.
Menga bir tabassum hadya et, ey yor,
Nur tomsin lablaring sohillaridan.
O'zing ayt, senday qiz yana qayda bor,
Kipriklari uzun-kokillaridan.
Iymanib yashama xayol pinjida,
Yoyil, yayra jonim, o'rtanma g'amda.
G'iybatlarga chida, tuhmatga chida,
Sen bittasan, axir, yorug' olamda.
Men esa Oshig'ing sening-eng g'arib.
Tundan qarz olib, tongga tutguvchi.
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham seni kutguvchi.
Ista, tiz cho'kaman hozir oldingda.
Sevdim, Sevganimdan uyalmoq nechun.
Barcha farishtalar Sening qalbingda
Ijarada turgan qizlar men uchun!...