Birinchi xalifa Abu Bakr Siddiqning (r.a.) oxirgi so‘zlari
"œMutlaq kuch va qudrat O‘zinggagina xosdir, Allohim!" bo‘ldi.
Hazrati Usmon ibn Affonning (r.a.) jon chiqar paytdagi so‘zlariga e’tibor qiling:
"œKa’baning Parvardigoriga qasamki, bular mening shahidligimga guvohdir!"Muhammad ibn Alidan rivoyat qilinishicha, jonlariga xavorijlar qasd qilganidan keyin Hazrati Ali (k.v.) oxirgi nafaslarigacha
"œLa ilaha illalloh"dan o‘zga so‘zni tilga olmadilar.
Xalifa Muoviya ibn Abu Sufyon o‘lim onlarida:
"œKoshkiydi oddiy qurayshlik kishilardan bo‘lib qolsam, koshki bu vazifada ishlamasam edi", deb o‘z mansab-mavqelaridan iztirob chekkanlar.
Xalifa Umar ibn Abdulaziz o‘lim onida:
"œAllohim, diydoringni Umarga xayrli qil! La ilaha illalloh", deb turib jon taslim qilganlar.
http://islam.ziyouz.com/Articles/sungsuz.html