Deyman, o’zim ham shoir bo’lganim cuhun sal g’alatiroqmanmi, to’ydan oldin, ikkilanib turganimda, bu odamning ayanan o’sha yo’nilmagan, sovuqqina jihatlarini ko’rib, rozilik bildirgim kelgan. Biz bir-birimizni tanimas edik. YAxhsi odamlar o’rtaga tushdi, sovchilar qatnovi boshlandi. Kuyov qayerdadir meni ko’ribdi emish. Ammo men kuyovni ko’rolmay dog’da edim. Elchilari ko’z ochirmay, ammo o’zi yo’q. Bir kuni jur’atimni to’pladim-da, ishiga qo’ng’iroq qildim. Zalvorli ovozda javob ekldi. Edni meni eshitsangiz:"Men Tursunoyman. Siz haqingizda eshitdim, bildim, yaxshi odam ekansiz. Men qidirgan odam bo’lsa sizchalik bo’lar. Ammo bir narsaga qoyilmasman. Siz kimga uylansangiz baribir ekan-da! Men boshqa shaharda besh yil o’qib kelgan bo’lsam, to’g’rimanmi, egrimanmi, yaxshimanmi, yomonmanmi, gapim qanaqa, fahmim qanaqa siz uchun ahamiyati yo’ qekan-da! Boshingiz ikkita bo’lib qolsa bo’ldi ekan-da!" va yana nimalardir deb yubordim. Uzoq sukutdan keyin, ovozi titrabgina nima deydi deng?! "œEy, men"¦.men borar edim, shu"¦.shu desnagiz, ish ko’p!", deydi! O’sha zahoti yuragim tiniqlashdi, bu yomon odam emas, deydi ko’nglim va xo’p deganim bo’lsin, deb qo’ydim. Sababi, bu gap pokiza odamning, hali siyqalashmagan, ayollar bilan hech muomala qilmagan, ularga yoqishni hech mashq qiliub ko’ramagan, toz odamning muomalasi edi"¦.