Alifbe bayramini eslasaaam..... Voy bo`o`:))
o`shandayam hozirgidek - hammadan boshqacharoq bo`lishni, ajralib turishni istardim:) Oyim va opam tikuvchi, hamma sinfdosh qizlarning alifbeda kiyadigan liboslarini bir xilda qizil rangda tikib berishgan. Man bo`lsa bir kun qolganda to`polon qilganman: "Nega man hamma bilan bir xil bo`lishim keraak! Ahir boshqachamankuuu!!"
deb:)) Shunda kechasi bilan uxlamay manga oppoq, yaltiroq chiroyli ko`ylak tikib berishgandi. Hammadan ajralib turgandim o`shanda. Hamma bolalar bolalarga hos she'rlar aytishganda man "O`zbegim"ni to`liq, ifodali qilib aytgandim... Rosa qarsak chalishgandi... Oyim tikib bergan xuddi katta raqqosa qizlarnikidek kiyimlarda raqsga ham tushgandim. Klassik qo`shiqlarga raqs tushardim. Maktabda 9 yil hizmat ko`rsatgn raqqosa bo`lgandim o`ziyam:))
"A" harfi bo`lgandim. She'rim esimda yo`q
Lekin bir sinfdoshimning aytgan she'ri hech esimdan chiqmaydi. Sababi u bolaning tili chuchuk edi, "Ch" harfini "T" deb talaffuz qilardi, qarangki, unga aynan "ch" harfi tushgan
She'r o`qishini qarang:
Tumtuq bolasini taqirib tuqtuqlaydi,
Tatoq mushuk ko`rmasin, "tiq uydan" deb turqillaydi
(chumchuq bolasini chaqirib chuqchuqlaydi, chatoq mushuk ko`rmasin, "chiq uydan!" deb chirqillaydi)
Butun zal kulverib dumalab qolgandi
)))
Alifbe bayramimizni videokassetasiyam bor, ko`rsam kulgim keladi doim