G'ayrimuslimlarga bag'ishladim.
(Xatolarini Olloh kechirsin)
Dedim:Iymon nima ?
Dedi:Mo'minning qalbidagi porlagan qandil.
Dedim:Namoz nedur ?
Dedi:Mo'minning me'roji.
Dedim:Ro'za nima ?
Dedi:Bandaning nafsiga bo'lgan isyoni.
Dedim:Zakot nima ?
Dedi:Bandaning azobga qarshi tug'yoni.
Dedim:Xaj nima ?
Dedi:Bandaning pok ila qayta tug'ilg'oni.
Dedim:Gunox nima ?
Dedi:Oqibati do'zax bo'lguvchi qalb gardi.
Dedim:Gunox mangumi ?
Dedi:Agar OLLOH hohlasa kechirgusi.
Dedim:Gunox qanday paydo bo'lg'ay?
Dedi:Bandaning nafsi va shaytong'a mag'lub bo'lmog'i.
Dedim:Qalb gardi qanday yuvilgay?
Dedi:Tavba qiling'ay.
Dedim:Yana?
Dedi:Savob qiling'ay.
Dedim:Tavba nedur ?
Dedi:Gunoxin kechirishin so'rab qilingay.
Dedim:Savob nima ?
Dedi:Oqibati jannat bo'lguvchi banda amali.
Dedim:U mangumi ?
Dedi:Xa, biroq umidsizlik uni o'ldiyg'ay.
Dedim:Savob qanday paydo bo'ladi?
Dedi:Faqat OLLOH va payg'ambari buyurgani qilingay.
Dedim:Savobni nima ketgazg'ay ?
Dedi:Uni ketgazg'ay bir so'z - bu Riyo.
Dedim:Riyo nedur ?
Dedi:U kibr va manmanlik shirkdir go'yo.
Dedim:Oqibati nedur uning ?
Dedi:Oqibati uch ming yil qizigan otashdir buning .
Dedim:Amal nima aytgil birodar ?
Dedi:Amal udir : yaxshi va yomon.Ikkisigada bordir mukofat.
Dedim:Aytgil nedur mukofat ?
Dedi:U ikkidir buyuk mukofat: Jannat va Do'zax.Ikkisida cheksiz va mangu.
Dedim:Jannat nima ?
Dedi:Mo'minlarning so'ngi makoni .
Dedim:Do'zax nima ?
Dedi:Kofirlarning mangu makoni.
Dedim:Ayt,umrning ma'nosi nima ?
Dedi:Chaqmoq ,sham yoki parvona.
Dedim:Bu dunyoga bino qo'ygan kim?
Dedi:Yo go'l, yo mast , yoki devona .
Dedim:Jihod nedur so'yla birodar ?
Dedi:OLLOh yo'lida qilingan har bir yaxshi ush.
Dedim:Uning boshi nedur ?
Dedi:Nafsiy tarbuya-yu gunoxga sabr qilish.
Dedim:Nafs nima ?
Dedi:Bandaning keragidan ortiq talabi va yo insonning bosh dushmani .
Dedim:Unda shayton nima ?
Dedi:Nafsning so'zsiz ukasi.
Dedim:Shaytonnning vazifasi nedan iborat?
Dedi:Bandani adashtirib gu'nox qildirgay,
Akasiga aql o'rgatib yo'ldan ozdirgay.
Dedim:Nafs nechchadur?
Dedi:Nafs yettidir:Nafsi ammora, nafsi lavvoma,nafsi mulk,nafsi mo'mina ,nafsi roziya, nafsi shariya,nafsi sofiya.
Dedim:Nafsni qanday tarbiyalamoq lozim?
Dedi:Taqvo qilingay.
Dedim:Taqvo nedur?
Dedi:OLLOH va uning rasulining buyurganlarini qilish buyurmaganlarini albatta qilmaslikdir.
Dedim:Uning boshi nimadur?
Dedi:Tanigangada tanimagangada salom berishdir.
Dedim:Nechun?
Dedi:Salom - Asmoil husnadir.
Dedim:Payg'ambarlar kimlardir ?
Dedi:Olloh tomonodan erdagi bandalari orasidan tanlab olingan , insonlarni jaholatdan qutqaruvchi yuksak hulqli insonlar , elchilardir.
Dedim:Qanday ularga ishonmoq kerak?
Dedi:U OLLOHning so'zlarini insonlarga etkazgay.
Dedim:Yolg'on bo'lsachi ?
Dedi:Aytib o'tilg'ay diningning muqaddas kitobida,
Yo payg'ambar etkazgay ilohiy me'yorida.
Dedim:Iymon keltirmaganning holi ne bo'lg'ay ?
Dedi:Bila turib iymon keltirmasa gar,
Unga do'zax o'ti so'zsiz muqarrar.
Davomi bor....(inshaolloh)