Assalamu alaykum forumdoshlar!
Agar gaplarim kimlargadur malol kelsa avvaldan uzr so'rayman.
Sizlarni bilmadim-u, lekin men uchun ushbu forumga kiritilayotgan mulohazalardagimi yoki
matnlardagimi ayrim so'zlar noo'rin ishlatilyapti deb o'ylayman.
Bu axir islomiy forum bo'lsa, to'g'risi bu yerda islomiy so'zlar ishlatilsa yoki
o'z so'zlaringizni chiroyli tarzda yetkazsangiz maqsadga muvofiq bo'lardi inshoOlloh.
Abdulhafiz birodarimiz xam bir mavzuda kiritilayotgan postlarda na ma'no va na biron-bir
foyda borligini aytib o'tibdilar. Darhaqiqat bir-ikki marta shunday postlarni o'qigandan keyin
kimning xam qayta kirgisi kelardi?
Xa forumda avvallari ayrim "urush-janjallar" bo'lgan bo'lsada, lekin o'sha vaqtlarda forum
umuman boshqacha edi, o'ziga yarasha fayzi bor edi.
Qani o'sha eski "janjalkashlar' post qoldirmaysizlarmi?