Umar ibn Hazm Ansoriydan shunday rivoyat qilinadi: «Rasudulloh sollallahu alayhi vasallam uch kunlar oramizdan g‘oyib bo‘ldilar. Faqat farz namozlaridagina hozir bo‘lib, boshqa payt yana ko‘rinmay qolardilar. To‘rtinchi kun oldimizga chiqdilar, shunda biz so‘radik:
— Ey Allohning rasuli, bizni o‘zingizni chetga tortdingiz, biron korhol ro‘y berdimikan? degan gumonga bordik.
— Faqat yaxshilik ro‘y berdi. Ulug‘ va qudratli Rabbim ummatimdan yetmish ming kishini hisob-kitobsiz jannatga kiritishni va’da qildi. Men esa bu uch kun davomida yanada ko‘proq ummatimshshg jannatiy bo‘lishini so‘rayverdim. Rabbim shu darajada karim, ulug‘ sahovat egasi ediki, yetmish ming kishining har biri uchun yana yetmish ming kishini menga ato etdi. Shunda men:
— Ey Rabbim, ummatimning soni shunchaga yetadimi? deya so‘radim.
— Faqat a’robiy ummatlaringiz hisobiga bu sanoqni sizga to‘ldirib beraman, dedi Rabbim» (Bayhaqiy rivoyati).
Abu Zar Payg‘ambar alayhissalomning shunday deganlarini rivoyat qiladi: «Jabroil alayhissalom ulkan bir toshning yonida turib menga:
— Ummatingizga xushxabar bering. Qaysi kishiki, Allohga shirk qilmasdan dunyodan o‘tsa, jannatga kiradi, dedi.
— Ey Jabroil, (umrida biror marta Allohga shirk qilmagan bo‘lsayu, lekin) o‘g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa-chi? so‘radim.
— O’g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa ham! dedi Jabroil.
— O’g‘irlik va zino qilgan bo‘lsa ham? yana so‘radim.
— O’g‘irlik va zino qilgan, hamr ichgan bo‘lsa ham! dedi Jabroil alayhissalom» (muttafaqun alayh). Abu Dardo aytadi: «Payg‘ambar alayhissalom: