Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda «Anfol» surasining tafsirida Ibn Uyayna shunday deydilar: «Alloh Ta’olo qaysi oyatda «yomg‘ir» so‘zini keltirgan bo‘lsa, undan murod «azob»dir. Holbuki, arablar odatida مَطَرٌ, غَيْثٌ lafzlari bilan faqat yomg‘irni ataydilar. Alloh Ta’olo "œmator" so‘zi bilan azobni ifoda qilsa, "œg‘ays" so‘zi bilan yomg‘irni ifoda qiladi». (Muhammad Tohir ibn Oshur. At-Tahrir vat-Tanvir. Tunis. 1-j. 124-b)
Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisda shunday dedilar: «Qur’onning qaysi oyatida يَأَيُّهَا النَّاسُ — «Ey odamlar» degan jumla kelsa, bu Makka mushriklariga xitobdir».
Johizning «Al-Bayon» kitobida yozishicha, Qur’oni Karimda bir-biridan ajratib bo‘lmaydigan qo‘shaloq so‘zlar ko‘p. Masalan, namoz va zakot, ochlik va to‘qlik, jannat va do‘zax, rag‘bat va qo‘rquv, muhojirlar va ansor, jin va inson, foyda va zarar, osmon va yer.
Faxruddin Ar-Roziy va Az-Zamaxshariyning ta’kidlashicha, Qur’onning qaerida va’id (qo‘rqituv) oyatlari kelsa, orqasidan bashorat oyatlari ham keladi.