Bismillohir rohmanir rohiym!
Fursatdan foydalanib, vaqtida bir narsani sizlarga aytib quyay. Forumdoshlarning Toshkendagi uchrashuvi mavzusidagi rasmlarni ko'rib kishini ko'zi quvonadi. Uchrashuvdagi rasmlarni ko'rib turib, bizlarga ham bunaqa uchrashuvlar nasib qilsin deb yaxshi niyat qilib qo'ydik. Yaxshilar davrasida bo'lishlik, Ollohning bizdek g'arib bandalariga qilgan marhamati deb bilaman.
Ushbu xolis niyatimizning lekin degan tomoni bor. Yaxshilar safida, davrasida bo'lishlik menga juda ham yoqadi, ammo rasmga tushushni juda ham yomon ko'raman.
Mobodo sizlardan shunaqa taklif bo'lib qolsa, iltimoslaringizni erda qoldirmaslik va noqulay vaziyatga tushib qolmaslik uchun, oldindan sizlarni xabardor qilib qo'yayapman. Rasmga istisno holatlardan tashqari hech qachon tushgim kelmaydi. Meni tushunasizlar degan umiddaman.
Hammangizni borlaringizga shukr!