Assalamu alaykum!
Qishda yanvar oylarida 7-sinflarga "Milliy an'ana va bayramlarimiz" mavzusini o'tgandim. Ko'pchilik o'quvchilar 8 martni ham milliy bayram qatorida aytishganda, yuqorida forumdoshlar tomonidan eslangan ma'ruzada eshitganim bo'yicha bu "bayram" tarixini aytib, aslida bu biz uchun isnod ekanini chiroyli qilib tushuntirgandim.. Yaqinda maktabda viloyat bo'yicha seminar bo'ldi. Har sinfdan 5 tadan o'quvchilarni qatnashuvchi sifatida tanladik. Tayyorgarlik kunlarining birida gap 8 mart haqida, qanaqa sovg'a olish haqida ketdi. Shunda o'sha 7-sinf o'quvchilari "ustoz, bu bizni bayram emas a?.." deyishdi... Alhamdulillah, O'zi qodir qilguncha bunday illatlardan o'zimiz ham, boshqalarni ham asrashga harakat qilyapmiz...
O'zimga kelsak, uyda alhamdulillah, dadam bunday bayramlar haqida ma'lumotga egalar, ortiqcha gap bo'lmadi. Oyijonga ham chiroyli qilib tushuntirdik.. Endi,dugonalardan kelgan tabrik-smslarni o'qimagandek tutdik.. Hech kim,nega tabriklamading demadi:-)