AbdulAzizga berilgan savollarga javoblar:
42. Savol: 1. Sizga yoqqan 3 ta o'zbek filmidagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?
Javob: 1. - Shuncha ish, shuncha sayohat... 50 tadan olmasak bo'lmasakan, opoqi.
- manga 20 tayam yetadi.
- Qani, oldik.
- Xudoni o'zi kechirsin, baniyat shifo (!)
- So'raganni aybi yo'q, Mastura Rahbarovna. Namoz ham o'qib turasizmi?
- Yana 20 ta quy-chi... Namoz o'qishga vaqtim yo'q. Lekin hajga ikki marta borib kelganman.
* * *
- Oka, eting, dushmanizi eting, bir yilga pravasini reshat qiptashiyman.
- Iyi... Siz gaishnikmisiz?
- Ha.
- Unda nimaga bozorda pasport tekshirib yuribsiz?
- Uchaskovoy bor-u, hasharga etuvdi. Qarashib yurudim.
("Po'sht arava" filmidan)2. - Bugungi san'at eng katta biznes. Ravshanoy katta sahnaga chiqishi kerakmi? Kerak! Konsertlarga chiqshi kerakmi? Kerak! Kim uni bepul chiqaradi? Puli bo'lmasa nima qilsin? Sen chiqarsang -seniki, men chiqarsam - meniki! Uniyam tushunish kerak.
Sotiboldiyev uni albatta televizorga chiqaradi. Keyin... biror kecha birga yotadi. Balki yotishga ham ulgurmas. Bundan kattarog'i ilib ketadi. Agar omadi yurishib ketsa Ravshanoy bironta prokurorga ikkinchi yo uchinchi xotin bo'ladi. Tushunaman, chiroyli qiz. Sotiboldiyevga xayf.
Gapni rosti Ravshanoy sanga to'g'ri kelmaydi, Polvon. Bir umr qo'riqlab, nosqovoqday belingga tugib yurolmaysan-ku! G'ijjagini sindirsan ko'ngli og'riydi. Sindirmasang, duch kelganga o'ptirishga majbur...
("Dev bilan pakana" filmidan)3. "Erkaklar yo'q joyda ayollar erkakka aylanadi"
("Chayongul" filmidan)43. Savol: Sizga yoqqan 3 ta jahon filmidagi 3 ta zo'r iqtibosni keltira olasizmi?
Javob: 1. Sen bilan ilk bor namoz o'qiganimda ilgari hech qachon tuymagan holatdan qalbim yumshab, to'yib-to'yib yig'ladim. Ammo keyingi namozlarimda bu tuyg'uni topa olmay qoldim. Nimadir yetishmayotgandek bo'ladi. Ammo nima?... Ishoning Oyisha, o'sha birinchi sajdadagi ilohiy halovat tuyg'usini yana topish uchun kerak bo'lsa butun umrimni namoz bilan o'tkazishga tayyorman.
* * *
Yosh qizcha:
- Dada, nega biz yakshanba kunlari cherkovga borib ibodat qilmaymiz?
Ota:
- Biz musulmonmiz-ku, qizim. Biz masjidga boramiz. Cherkovga nasroniylar boradi.
Yosh qizcha:
- Unda nega masjidga bormaymiz?...
Ota:
- Nega bormas ekanmiz, boramiz. Sen hali yoshsan. Men pensiyaga chiqib olay, keyin ikkalamiz birga boramiz...
("Daniyalik kelin" (Turkiya) filmidan)2. Jin Tay nimaga sen istalgan xavfli vazifani bo'yningga olaverasan. Medallar uchunmi-a? Meni uyga jo'natib yuborish uchunmi? Nima qilayapsan? Mendan o'q o'tmaydi deb o'ylayapsanmi? Har bir soniyada bu yerda kimdir o'lyapti. Sen jinni bo'ldingmi? Medal olishni hohlayapsanmi? Men seni o'limga ro'baro' qilib, ketaveradi deb o'ylayapsanmi? Sen haqingda onamga nima deb aytishimni tasavvur qilayapsanmi? Biz doim birga bo'lishimiz kerak: o'lim yoki hayot! Medalning nima keragi bor, agar shu medal ortida insonlar o‘limi tursa!"
("38 parallel" (Janubiy Koreya) filmidan)3. Leyla, agar sen o'z joningga qasd qilsang, Allohga osiylik qilgan bo'lasan. Avvalo o'z jonimga qasd qilib yaxshilik qilayapman deb o'ylaysan, lekin buning oqibatida necha-necha gunohsiz insonlar ham qurbon bo'ladi. Bombani portlatganingda necha odam aziyat chekishini bilasanmi? Buni hech kim bilmaydi. Shunday ekan, bilginki, begunoh odamlarni o'ldirish jami insoniyat joniga qasd qilish bilan barobardir. Musulmonlarning aqliga shunday buzg'unchi fikrlarni kiritayotganlar o'z joniga qasd qilishni ham o'rgatadilar. Bu katta gunoh, qizim va u shaytonning sha'ridir. Men sening holatingni tushunib turibman. Lekin sening o'z joningga qasd qilishga ham tayyor turib, dunyo ahli "barcha musulmonlar terroristdir" deyishiga sabab bo'layotgan ishni qilmoqchi bo'layotganingga achinyapman. Alloh bizga yordam bermayapti deb o'ylama, qizim. Bizning hozirgi, vaqtinchalik chorasizligimiz va kuchsizligimi payg'ambarimiz SAV tomonidan bashorat qilingandir. Biz birlashishimiz uchun ham aziyat chekishimiz kerak. Har bir o'z joniga qasd qilish esa chorasizlik va kuchsizligimizni orttiradi. Aynan shuning uchun ham dushmanlarimiz shunday holatlarning ko'p bo'lishini xohlaydilar. Ular bu narsalarni ataylab o'zlari tashkil etadilar. Bizning yagona choramiz shudir: Alloh buyurganlariga labbay deyish. Biz Allohga duo qilishimiz kerak. Shundagina hotirjamlik bo'lamiz.
("Qashqirlar vodiysi: Iroq" (Turkiya) filmidan)44. Savol: Tasavvur qiling bir muslima qizni o'zingiz hohlab ota onangizga yoqib turmush qurdingiz.Oradan ko'p o'tmay yana bir sizdan islomni o'rganish maqsadi bilan ba'zi maslahatlar so'rab turadigan bir muslima birodaringizga o'zingiz sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshladingiz.Va u qizga uylanishlikni nafsingiz hohlayapti. Qiz ham bunga rozidek . Lekin oilangiz ya'ni uydagi ayolingiz hali yangi kelichak sizning bu qaroringizdan ozorlanishi mumkin balki umuman qabul qila olmasligi mumkin.Qanday yo'l tutasiz?
Javob: Judayam qiziqarli, aktual va hayotiy savollar uchun tashakkur. Alloh rozi bo'lsin!
Avvalo uylangan yigitning qanday maqsadidan qat'iy nazar, u ilm olish bahonasimi yoki boshqa, "bir muslima birodariga o'zi sezmagan holatda "bog'lanib" qola boshlashi" ancha shubhali. Bu yerda ikkala tomonning ham bunaqa vaziyatda nafs xohishlari Alloh rizoligidan ustun turadi. Chunki bir muslimning uyida oyday xotini bo'la turib, boshqa bir muslimaga ko'ngil qo'yishi, yoxud bir muslimaning boshqa muslimning oilasi borligini bilgan holda unga ko'ngil bog'lashi ancha shubhali. Haqiqiy muslima ilm yoki maslahatni boshqa nomahram, yana uylangan erkakdan emas, muslima birodar, opalaridan oladi.
Endi, ikkinchi vaziyat, Bu holatga uyingizdagi yangi kelinchak rozi bo'lishi yoki bo'lmasligi. Albatta norizo bo'ladi. Ming sizni tushunishga harakat qilmasin, baribir o'zini xo'rlangandek his qiladi. U ham kimningdir oq yuvib, oq taragan, sizgacha tarbiyalab, tayyor yetuk holida uyingizga olib kelingan qizi. Uning ham siz bilan yashashdan buyuk orzulari bor. Uning ustiga hali yangi kelinchak. Hali ko'p narsalarni tushunmasligi mumkin. Xullas, ancha-muncha qiz bu holatga rozi bo'lmaydi. Bu holatda kelin va kuyovning ota-onasi ham rozi bo'lishi qiyin.
Shuning uchun ham vodiy ulamolari yangi kelin-kuyovga nikoh o'qib bo'lishgach, kuyovga nasihat qilib, shartli ravishda, agar ikkinchi xotin olmoqchi bo'lsangiz, kelinchakning ko'ngliga qarang, deb aytishadi.
Bunday holatda oilada nima bo'lishi mumkin?
- Erkakning boshqa muslima ko'rsatayotgan "mehr"i tufayli oiladagi o'zining ayoliga muhabbati tobora so'nib borishi.
- Boshqa muslimaga intilish oqibatida, erkak uyidagi asosiy vazifalarini esdan chiqarishi yoki tark etishi.
- Mobodo, bildirmay uylandiyam deylik, u holatda ikkala tomonga birdek munosabatda, birdek mehrda bo'lishi juda qiyin. Bu holatda u gunohkor bo'ladi. Chunki bir kun bunisiga, bir kun ikkinchi xotiniga borishni eplash juda mushkul. Hozirgi davrda ko'p "hojiaka", yana ko'p "savdogar aka"larimiz ikkinchi xotinga uylanishda ko'pincha nafs xohishlarini inobatga olishadi. Ba'zilarining 1-xotini bundan bexabar ham. Islom shartiga ko'ra. esa ikkala tomonga ham birdek munosabatda bo'lish talab qilinadi. Bir yoshi katta akamiz ta'riflagandek, "hozir ikkinchi xotin faqat nafsni qondirish uchun bo'lib qolgan. E'tibor bergan bo'lsangiz, "hojiaka"larning ikkinchi xotinidan bironta farzandi yo'q. Bechora ayol farzand ko'rihni xohlaydi. Lekin "hojiaka"larimiz "ortiqcha tashvish"ni xohlamaydilar".
Bunday holatdan Allohning O'zi asrasin.
Barcha mo'minu musulmonlarga Islomiy hayot tarzi hukm suradigan go'zal oila nasib etsin!
45. Savol: Ota-onangiz yoki yoshi katta qarindosh yo qadrdonlaringiz katta ayb ish, gunoh yoki hato ish qilishdi. Ularning aybini hech kim ayta olmaydi.
Siz ayta olasizmi? Aytsangiz qay tarzda?
Javob: Bunaqa holatda agar u menga yaqinroq kishi bo'lsa, borib avvalo shu mavzuga oid hadios va rivoyatlarni aytgan bo'lib, haqiqiqy muddaoga o'taman va ochiq noroziligimni bayon qilaman.
Agar u menga judayam yaqin inson bo'lsa, tekis yuziga aytaman. Bundan hech hijolat bo'lmayman. Uning xafa bo'lishi yoki mendan ranjishi meni qiziqtirmaydi. Chunki haqiqat uning ranjishidan ustun turadi.
Agar u menga uzoqroq, lekin unga tushuntirish menga topshirilgan bo'lsa, u holda avval unga nima deyish, men nima desam u menga qanday javob berishi, keyin men unga nima deyishim va hokazo holatlarni tahlil qilib, rad qilib bo'lmaydigan eng munosib javobni qidiraman va borib o'z so'zimni aytaman.