Men qaytib kelaman... (Tog'ay Murod zamondoshlari xotirasida)Mazkur kitob XX asr o’zbek adabiyotida o’zining yorqin asarlari bilan chuqur iz qoldirgan, adabiyotimiz taraqqiyotiga katta hissa qo’shgan, o’ziga xos betakror uslub, maktab yaratgan O’zbekiston xalq yozuvchisi, Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti sovrindori Tog’ay Murod haqidagi xotiralardan tashkil topdi.
Yorug’, nurli yodnomalar adabiyotning haqiqiy muxlislarini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.
To’plovchi:
Ma’suma AHMEDOVA
Nashrga tayyorlovchilar:
Ma’suma Ahmedova, Farrux Jabborov, Jasur Kengboev
BARHAYOT IJODMen qaytib kelaman!
Tog’ay Murod «Otamdan qolgan dalalar» romanini Dehqon¬qul tilidan shunday so’zlar bilan xotimalaydi.
Shunda asar qahramoni bilan birga azob, rutubat chekkan, alam-qiynoqlardan ezilgan, qayg’uga botgan kitobxon birdan tin oladi, jonlanadi. Xuddi mayin epkin esganday, ozor to’la vujudi orom olganday bo’ladi.
Men qaytib kelaman!
Ushbu xitob ko’ngillarga orom beradi...
Ko’tarinki kayfiyat kishining ruhini ko’taradi, kelajakka umid uyg’otadi. Bu so’zlar go’yoki qiynoqlarda qolgan, yurak-bag’ri qon kitobxonga roman qahramoni singari taskin-tasalli beradi.
Men qaytib kelaman"¦
Biz qo’limizdagi xotiralar jamlangan kitobni shunday nomladik. Bu so’zlardan anglashiladiki, ko’nglimiz bo’lgan yozuvchimiz hamisha biz bilan birga, u yonimizda...
Tog’ay Murod — adabiyotimizda yorqin voqea bo’ldi. Bu e’tirof minbarlardan tobora ko’proq jaranglamoqda. Uning shaxsiga qiziqish, ijodini yanada teranroq anglashga intilish tobora ortib bormoqda.
Zamondoshlari Tog’ay Murodni yodga oladilar, xotirlaydilar, uning ijodi, adabiyot haqida so’z yuritadilar. Bu so’zlarda yozuvchi hayotining qaysidir lahzalari muhrlanadi. Kitobxon ko’z o’ngida badiiy so’z san’ati ustasi bo’lgan cho’ng adibning xuddi asarlari kabi qaytarilmas, o’ziga xos fe’l-atvori, qat’¬i¬yatli, olijanob qiyofasi gavdalanadi. Bu kitob, avvalo, yozuvchi-ijodkor haqidagi tasavvurlar, taassurotlar boyishiga xizmat qiladi. Umidimiz shunday.
Maqsadimiz, bunyod etish iste’dodi, qudratiga ega katta ijodkor shaxsi, butun borlig’i, qalbi, ichki olamining ko’z oldingizda namoyon bo’lishiga ko’maklashish. Va yana... badiiy so’z qudrati bilan umr¬boqiy va umuminsoniy asarlar yarata olgan adib portretini chizish, uning asarlarini tahlil qilish orqali qalblarni ezgulikka chorlashga qodir buyuk kuch — adabiyotga muhabbat uyg’otishdir.
Men qaytib kelaman!
Yozuvchi shunday deb xitob qiladi. Komil ishonch bilan o’z romaniga nuqta qo’yadi.
Ana shu komil ishonch bizni ham tark etmaydi.
U — qaytib keladi!
TuzuvchidanKitobning to'liq variantini saqlab olish (PDF, 699 Kb)